Samsung nv70h3350cb: Jihoz ichiga o'rnatiladigan pech
Jihoz ichiga o'rnatiladigan pech: Samsung nv70h3350cb
NV70H3350CB
NV70H3350CE
Jihoz ichiga
o'rnatiladigan pech
foydalanuvchi qo'llanmasi
ajoyib imkoniyatlar
Samsung kompaniyasining ushbu qurilmasini xarid qilganligingiz uchun rahmat.
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 1 5/30/2017 4:36:51 PM
mundarija
USHBU QO'LLANMADAN
03 Ushbu qo’llanmadan foydalanish
FOYDALANISH
3
XAVFSIZLIK BO'YICHA
03 Xavfsizlik bo’yicha ko’rsatmalar
KO'RSATMALAR
3
O'RNATISH
09 Eshikni olish
09 Eshik shishalarini yechib olish
10 Avtomatik tarzda elektr energiyani tejash
8
funksiyasi
10 Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish
(Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
PECH BOSHQARUV
11 Pech boshqaruv tugmachalari
TUGMACHALARI
11
ANJOMLAR
11 Anjomlar
11
SOZLAMALAR
12 Vaqtni o'rnatish
12 Taymerni sozlash
12 Bolalar xavfsizligi funksiyasi
12
13 Tezkor qizitish rejimidan foydalanish
13 Tayyorlash rejimidan foydalanish
14 Sinov taomlari
TOZALASH VA QAROV
15 Katalitik emal yuza (xaridor xohishiga
binoan qo'shimcha ravishda sotiladi)
15 Qo'lda tozalash
15
15 Suv to'plagichini tozalash
16 Yon tomondagi yo'naltirgichlarni ajratib
olish (ixtiyoriy)
16 Pech shiftini tozalash (ixtiyoriy)
17 Nosozliklarni bartaraf etish
17 Axborot kodlari
O'zbek - 2
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 2 5/30/2017 4:36:51 PM
ushbu qo'llanmadan foydalanish
SAMSUNG kompaniyasining jihoz ichiga o'rnatiladigan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.
Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan foydalanish, va unga texnik
xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan ko'rsatmalar mavjud.
Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib chiqing va undan
kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Ushbu qo'llanma matnida quyidagi belgilardan foydalaniladi:
OGOHLANTIRISH yoki DIQQAT Muhim Izoh
xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar
Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi kerak. O'rnatuvchi ushbu
qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tavsiyalarga amal qilgan holda ulash uchun
javobgardir.
OGOHLANTIRISH
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga
xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu
qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar
berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy
qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli
bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari
mumkin emas.
Bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga ishonch
hosil qilish uchun ular nazorat ostida bo'lishlari kerak.
Agar elektr kabeli nuqsonli bo'lsa, uni maxsus kabelga
yoki ishlab chiqaruvchi, yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha
vakolatli agentdan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr
tarmog'iga ulanish to'plamiga almashtirish zarur. (Faqat
mahkamlanuvchi simli turdagi model)
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa,
xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning
xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak. (Faqat elektr tarmog'iga ulash shnuri
turidagi model)
O'zbek - 3
01 USHBU QO'LLANMADAN FOYDALANISH
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 3 5/30/2017 4:36:51 PM
Qurilma o'rnatishdan keyin qurilmaning quvvatdan
ajratilishiga imkon berishi kerak. Vilkaga yetish yoki ulash
qoidalariga asoslangan holda statsionar prokladkadagi
viklyuchatelni yoqish orqali uzilishga erishsa bo'ladi.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi
isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish
kerak.
OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish
mumkin bo'lgan qismlar issiq bo'ladi. Yosh bolalardan
uzoqroq saqlash kerak.
Agar qurilma bug'li yoki o'zini-o'zi tozalash funksiyasiga
ega bo'lsa, tozalashdan avval ortiqcha to'kilgan narsalar
olib tashlanishi va bug'da tozalash yoki o'z-o'zini tozalash
paytida barcha idishlar pech ichidan olib qo'yilishi kerak.
(faqat o'z-o'zini tozalash funksiyasi bor modeli)
Agar bu qurilma o'z-o'zini tozalash funksiyasiga ega
bo'lsa, o'z-o'zini tozalash vaqtida yuzalar odatdagiga
qaraganda qattiqroq qizishi mumkin va bolalarni pechga
yaqinlashishlariga yo'l qo'ymaslik kerak. (Faqat o'z-o'zini
tozalash funksiyasi bor modeli)
Faqat shu pech uchun tavsiya qilingan harorat
datchigidan foydalaning. (Faqat harorat datchigiga ega
bo'lgan model)
Bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Lampani almashtirishdan avval
elektr toki urishini oldini olish uchun qurilmani albatta
uzib qo'ying.
Mikroto'lqinli pechning shishali eshikchasini tozalash
uchun abraziv materiallar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan
foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnab qo'yishlari,
bu esa oynada darzlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin
bo'lgan qismlari foydalanish vaqtida issiq bo'ladi. Isitish
elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular doimiy nazorat
ostida bo'lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik lozim.
O'zbek - 4
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 4 5/30/2017 4:36:51 PM
Agar bolalar nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik
uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan
foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa va ular
yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarni anglab yetsalar,
bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki
aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli
bo'lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar
ushbu qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va
texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz
tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo'lgan
yuzalarning harorati baland bo'lishi mumkin.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar
qizib ketishi mumkin.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan
bolalarning qo'llari yetmaydigan tarzda saqlang.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish
pulti yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
Iltimos, katta miqdordagi mahsulotlarni
tayyorlaganda ramani qo'yilgan holatida
ushlab turish uchun uni pechning ichiga
shunday solingki, uning bukilgan tomoni
pechning orqa tarafida bo'lsin.
(Modelga bog'liq ravishda)
DIQQAT
Agar tashish vaqtida pech shikastlangan bo'lsa, uni ulamang.
Ushbu qurilma faqat maxsus litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan elektr tarmog'iga
ulanishi kerak.
Qurilma ishlamagan yoki shikastlangan hollarda undan foydalanishga urinmang.
Ta'mirlash ishlari faqat litsenziyaga ega bo'lgan texnik tomonidan bajarilishi kerak. Noto'g'ri
ta'mirlash siz va boshqalarga jiddiy xatar tug'dirishi mumkin. Agar pech ta'mirlashga muhtoj
bo'lsa, SAMSUNG Xizmat ko'rsatish markazi yoki dileringizga murojaat qiling.
Elektr o'tkazgichlar va kabellar pechga tegib turmasligi kerak.
Ushbu pech elektr tarmog'iga tasdiqlangan zanjir uzgich yoki saqlagich orqali ulanishi kerak.
Hech qachon ko'p vilkali adapterlar yoki uzatmalardan foydalanmang.
U ta'mirlanayotgan yoki tozalanayotgan vaqtda pechning elektr ta'minoti o'chirib qo'yilishi kerak.
Elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
O'zbek - 5
02 XAVFSIZLIK BO'YICHA KO'RSATMALAR
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 5 5/30/2017 4:36:51 PM
Agar bu qurilmada bug'da pishirish funksiyasi mavjud bo'lsa, suv ta'minot kartrijlari shikastlangan
hollarda bu qurilmadan foydalanmang. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)
Kartrij yorilgan yoki singan hollarda undan foydalanmang va o'zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)
Bu pech faqat uy sharoitlarida taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Foydalanish vaqtida pechning ichki yuzalari kuydiradigan darajada qiziydi. Qizdirish elementlariga
yoki pechning ichki yuzalariga ular yetarli darajada sovumagunicha tegmang.
Hech qachon pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.
Pechdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratlarda foydalanilganda pech yuzasi qiziydi.
Taom tayyorlagan vaqtda pech eshigini ochganda ehtiyot bo'ling, chunki issiq havo va bug' tez
chiqishi mumkin.
Tarkibida spirt bo'lgan taomlarni tayyorlaganda yuqori haroratlar tufayli spirt bug'lanib chiqishi va
pechning issiq qismlariga tekkanda bug' yonib ketishi mumkin.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi
bug' bilan tozalamang.
Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.
Pitstsa kabi muzlatilgan taomlar Katta panjarada tayyorlanishi kerak. Agar pishirish jomidan
foydalanilsa, haroratlardagi katta o'zgarishlar tufayli u deformatsiyalanishi mumkin.
U issiq bo'lgan vaqtda pech tag qismiga suv quymang. Bu emallik yuzaning shikastlanishiga olib
kelishi mumkin.
Taom tayyorlash vaqtida pech eshiklari yopib qo'yilishi kerak.
Pech tag qismiga alyumin folga qoplamang va hech qanday pishirish jomi yoki bankalarni
joylashtirmang. Alyumin folga issiqlikni to'sib qo'yadi, bu esa emallik yuzalarning shikastlanishiga va
taomlarning yaxshi tayyor bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.
Meva sharbatlari dog'larni qoldiradi, ular pechning emallik yuzasidan ketmaydigan bo'lishi
mumkin. Namligi juda ko'p bo'lgan piroglarni tayyorlaganda ichi chuqur patnisdan foydalaning.
Idishlarni pechning ochiq eshigi ustiga qo'ymang.
Yosh bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun ular nazorat
ostida bo'lishlari kerak.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang,
chunki ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
Eshik ustiga chiqmang, egmang, o'tirmang yoki og'ir narsalarni joylashtirmang.
Eshikni haddan tashqari ortiqcha kuch bilan ochmang.
OGOHLANTIRISH: Qurilmani hattoki taom tayyorlash jarayoni tugagandan keyin ham elektr
tarmog'idan ajratmang.
OGOHLANTIRISH: Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.
O'zbek - 6
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 6 5/30/2017 4:36:51 PM
LAMPANI ALMASHTIRISH
Elektr toki urishi xavfi mavjud! Pech lampalaridan
istalganini almashtirishdan oldin quyidagi
qadamlarga amal qiling:
• Pechni o'chiring.
• Pechni elektr tarmog'idan uzing.
• Pech bo'lmasining tag qismiga latta yoyib qo'ygan holda
pech yoritgich lampasi va shisha qopqoqni himoya qiling.
• Lampalarni SAMSUNG Xizmat ko'rsatish markazidan
sotib olish mumkin.
Orqa yoritish lampasi
1. Soat mili yo'nalishiga qarama-qarshi
yo'nalishda aylantirish orqali qopqoq va
metall halqa, tekis halqani olib qo'ying va
shisha qopqoqni tozalang. Zarur bo'lgan
hollarda lampani 25 vattli 300 °C gacha
bo'lgan issiqqa chidamli pech yoritgich lampasi bilan
almashtiring.
2. Zarur bo'lgan hollarda shisha qopqoq, metall halqa va
tekis halqani tozalang.
3. Metall va tekis halqalarni shisha qopqoqqa kirgizing.
4. Shisha qopqoqni o'zingiz 1-qadamda olgan joyingizga
joylashtiring va qotirish uchun soat mili yo'nalishida
burang.
O'zbek - 7
02 XAVFSIZLIK BO'YICHA KO'RSATMALAR
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 7 5/30/2017 4:36:51 PM
o'rnatish
O'rnatish uchun xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar
Bu pech faqat tasdiqlangan elektrik tomonidan o'rnatlishi mumkin. O'rnatuvchi ushbu qurilmani asosiy
elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tartiblarga amal qilgan holda ulash uchun javobgardir.
• Pechni o'rnatishda jonli qismlardan himoyalanganligiga ishonch hosil qiling.
Elekt ta'minotiga ulash
Agar qurilma vilkasi bilan elektr ta'minotiga ulanmasa, xavfsizlik
tartiblarini qanoatlantirishi uchun ko'p qutbli ajratgich (kamida 3 mm
kontakt oralig'iga ega bo'lgan) ta'minlanishi kerak. Elektr tarmog'iga
ulash kabeli (H05 RR-F yoki H05 VV-F, min., 2,5 mm²) hattoki pech
polda o'zi ichki qurilgan bufet oldida turgan hollarda ham, pechni ulash
uchun yetarli bo'lgan uzunlikka ega bo'lishi kerak. Pechning orqa
JIGARRANG
KO'K
SARIQ yoki
tarafidagi ulash qopqog'ini otvyortka bilan oching va elektr tarmog'i
yoki QORA
yoki OQ
YASHIL
liniyasini tegishli ulash terminallariga ulashdan avval kabel qisqichlari
vintlarini bo'shating. Pech ( )-terminali orqali yerga ulanadi. Sariq va yashil
kabel (yerga ulanish) avval ulanishi va boshqalariga qaraganda uzunroq bo'lishi kerak. Agar pech elektr
tarmog'iga vilka bilan ulansa, pech o'rnatilgandan keyin vilka qo'l yetishi mumkin bo'lgan holatda qolishi
kerak. Samsung yerga ulanmaganlik yoki yaxshi ulamaslikdan kelib chiqadigan baxtsiz hodisalar uchun
javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
OGOHLANTIRISH: Ulash kabelining o'rnatish vaqtida qisilib qolishiga va pechning issiq
qismlariga tegishiga yo'l qo'ymang.
Bufetni o'rnatish
Ichki qurilgan mebelga ega bo'lgan holda plastik yuzalar va pech uchun yelim mebel ichida 90 °C gacha
va qo'shni mebel uchun 75 °C gacha chidaydigan bo'lishi kerak. Samsung issiqdan plastik yuzalash yoki
yelimning shikastlanganligi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
Pech joylashtiriladigan oshxona bufeti asosida ventilyatsiya tirqishi bo'lishi kerak. Ventilyatsiya uchun
quyi tokcha va tirgab turuvchi devor o'rtasida 50mmli tirqish qoldirilishi kerak. Agar pech tokcha ostiga
o'rnatilishi kerak bo'lsa, tokchani o'rnatish ko'rsatmalariga amal qilinishi kerak.
Min.550
Min.560
Min.550
Min.560
175
370
560
Min.50
115
595
370
Min.600
560
Maks.476
550
572
Maks.50
Min.590 ~ Maks.600
595
595
Min.460 x Min.50
550
572
Maks.464
545
21
Tagiga o'rnatiladigan
595
545
21
Min.460 x Min.50
Ichki +
Ichki o'rnatiladigan
Tagiga o'rnatiladigan
Qurilmani bufet ichiga to'liq surib kiriting va pechni har ikkala tomonidan 2 ta vint bilan mahkam qotiring.
Qurilma va yonidagi bufet o'rtasida kamida 5 mm tirqish qoldirilganligiga ishonch hosil qiling.
O'rnatgandan keyin vinil himoya plyonkasi, tasma, qog'oz va anjomlarni eshikdan va pech ichidan olib
tashlang. Pechni mebel ichidan bo'shatib olishdan avval pechni elektr tarmog'idan uzing va pechning har
ikkala yon tomonidagi 2 ta vintni bo'shating.
O'zbek - 8
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 8 5/30/2017 4:36:52 PM
OGOHLANTIRISH: Ichki qurilgan mebel rasmda ko'rsatilgani kabi havo aylanishi uchun
minimal ventilyatsiya tirqishiga ega bo'lishi kerak. Bu teshikni taxta bo'lagi bilan yoqib
qo'ymang, chunki bundan havo almashishi uchun foydalaniladi.
Pechning old tomondan tashqarisi, jumladan dasta modeldan modelga farq qiladi.
Biroq rasmdagi pechning o'lchamlari bir xil.
ESHIKNI OLISH
Oddiy foydalanish maqsadlarida pech eshigi olib qo'yilmasligi kerak, biroq, masalan, tozalash
maqsadlari uchun eshikni olish zarur bo'lgan hollarda quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling.
DIQQAT: Pech eshigi og'ir.
2
70
1
1. Eshikni oching va har
2. Eshikni taxminan 70° ga
3. Tozalagandan keyin
ikkala ilmoqlardagi
yoping. Ikkala qo'llaringiz
eshikni biriktirish uchun
qisqichlarni to'liq oching.
bilan pech eshigi yon
1- va 2-qadamlarni
tomonlarining o'rta
teskari tartibda bajaring.
qismidan mahkam ushlang
Har ikkala tomondagi
va ilmoqlar olinishi mumkin
ilmoqlarning qisqichlari
bo'lgunicha torting.
yopilishi kerak.
ESHIK SHISHALARINI YECHIB OLISH
Pech eshigi bir-biriga qarama-qarshi joylashtirilgan uchta shisha listlar bilan jihozlangan. Ushbu
listlarni tozalash uchun yechib olish mumkin.
1. Eshikning chap va o'ng
2. Qopqoqni ajratib oling va
3. 2-shishani ko'taring va
tomonlaridagi har ikkala
eshikdan 1-shisha listni
listni iliq suv yoki yuvish
tugmachalarni bosing.
oling.
suyuqligi bilan tozalang
va toza quruq latta bilan
quruq qilib arting.
Eshik shishasi 2 EA dan 4EA modellar bo'yicha bir-biridan farq qiladi.
Biroq ularni ajratib olish va yig'ish usuli bir xil.
1-ichki shishani yig'ishda quyidagi yo'nalishda bosmani qo'ying.
O'zbek - 9
03 O'RNATISH
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 9 5/30/2017 4:36:53 PM
AVTOMATIK TARZDA ELEKTR ENERGIYANI TEJASH FUNKSIYASI
• Agar moslama sozlashning o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtash holatida ishlayotgan bo'lganda hech
qanday funksiyani tanlamasangiz, funksiya bekor qilinadi va soat 10 daqiqadan keyin ko'rsatiladi.
USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH
(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning
elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli)
xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli
atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish
uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling
va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta
foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni
qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu
mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va
xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron
aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik
kerak.
O'zbek - 10
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 10 5/30/2017 4:36:53 PM
pech boshqaruv tugmachalari
Old ko'rinishi
Old paneli zanglamaydigan po'lat, shisha, oq, qora va och jigar rang kabi turli materiallardan
yasalgan va turli ranglarda bo'lgan variantlarda mavjud. Sifatni yaxshilash maqsadida ko'rinishi
o'zgarishi mumkin.
anjomlar
DIQQAT: Anjomni taglikka to'g'ri biriktirganligingizga ishonch hosil qiling. Patnislar bilan pech
tubi o'rtasida kamida 2 sm masofa bo'lishi kerak, aks holda emal yuza shikastlanishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Pechdan taom va/yoki anjomlarni chiqarayotganda juda ehtiyot
bo'lishingiz kerak. Issiq taom, anjom va yuzalardan kuyib qolishingiz mumkin!
Pishirish patnisi
Pishirish patnisidan piroglar, pechenyelar va boshqa pishiriqlarni tayyorlash
uchun foydalanish mumkin.
Tomchilash patnisi (Xaridor xohishiga binoan qo'shimcha ravishda sotiladi)
(Chuqur) tomchilash patnisi qovurish uchun mosdir. Undan suyuqliklarning
pech tubiga tomishlarini oldini olish uchun kichkina panjara bilan birgalikda
foydalanish mumkin.
Kichkina panjara (Xaridor xohishiga binoan qo'shimcha ravishda sotiladi)
Kichkina panjaradan grilda tayyorlanadigan va qovuriladigan taomlar uchun
foydalanilishi kerak. Undan suyuqliklarning pech tubiga tomishlarini oldini
olish uchun tomchilash patnisi bilan birgalikda foydalanish mumkin.
Katta panjara (Xaridor xohishiga binoan qo'shimcha ravishda sotiladi)
Katta panjaradan grilda tayyorlanadigan va qovuriladigan taomlar uchun
foydalanilishi kerak. Siz undan kastryullar va boshqa pishirish jomlari bilan
birga foydalanishingiz mumkin.
Teleskopik sirpanuvchi yo'naltirgich (Xaridor xohishiga binoan
qo'shimcha ravishda sotiladi)
• Panjara, pishirish yoki qovurish kastryulini kiritish uchun avval teleskopik
yo'naltirgichlarni ma'lum darajagacha suring.
• Patnis yoki kastryulni yo'naltirgichlarga joylashtiring va ularni pech ichiga
to'liq surib kiriting. Pech eshigini teleskopik yo'naltirgichlarni pech ichiga
surib kiritganingizdan keyingina yopishingiz kerak.
O'zbek - 11
04
PECHNING BOSHQARUV TUGMACHALARI VA ANJOMLARI
Derazali displey
Funksiya
Vaqt tanlash
Haroratni nazorat
tanlash dastasi
dastasi
qilish dastasi
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 11 5/30/2017 4:36:54 PM
sozlamalar
VAQTNI O'RNATISH
Mahsulot birinchi gal elektr tarmog'iga qo'shilganida, undan taymer vaqti to'g'rilanganidan keyin
foydalaning, iltimos.
1. Vaqt tanlash dastasini
2. Vaqt tanlash dastasini
3. Vaqt tanlash dastasini
bosing, soatlar tasviri
aylantirib, kerakli vaqtning
bosing, daqiqalar tasviri
miltillaydi.
soatini belgilang.
miltillaydi.
4. Vaqt tanlash dastasini
5. Vaqt tanlash dastasini
aylantirib, kerakli vaqtning
bosib, belgilangan vaqtni
daqiqalarini belgilang.
tasdiqlang.
TAYMERNI SOZLASH
1. Vaqt tanlash dastasini
2. Vaqt tanlash dastasini
aylantirib, taymer vaqtini
bosib, belgilangan vaqtni
o'rnating.
tasdiqlang.
Agar taymer ishini to'xtatgingiz kelsa, signal vaqtini 0:00 deb belgilang.
Taymer ishlayotgan paytida joriy vaqtni ko'rsatishi uchun "Vaqt" tugmachasini bosing.
BOLALAR XAVFSIZLIGI FUNKSIYASI
1. Vaqt tanlash dastasini
bosib, 3 soniya davomida
bosilgan holda ushlab
turing. Displeyda "(L)"
paydo bo'ladi.
O'zbek - 12
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 12 5/30/2017 4:36:54 PM
TEZKOR QIZITISH REJIMIDAN FOYDALANISH
Agar TEZKOR QIZITISH jihatidan foydalansangiz, haroratni belgilangan qiymatga
bir zumda ko'tarishingiz mumkin. Bu pech qizishini kutishga sarflanadigan
vaqtingizni ancha qisqartiradi. TEZKOR QIZITISH orqali haroratni belgilangan
qiymatga ko'tarish jihatidan pechni avvaldan qizitib olish jarayoni tugaguncha
foydalaning. Keyingi jarayonlarni boshlashdan avval "Tayyorlash" rejimiga o'tib
oling. Ammo taomlarni grilda tayyorlash uchun TEZKOR QIZITISH jihatidan
foydalanishga hojat yo'q.
Avvaldan qizitib olish bosqichi, shu jumladan TEZKOR QIZITISH rejimi displeyda “
”
degan miltillab turuvchi xabar orqali ko'rsatiladi. Pech harorati belgilangan darajaga yetganida
“ ” xabari yo'q bo'lib ketadi va signal chalinib, taomni pech ichiga solishni eslatadi.
TAYYORLASH REJIMIDAN FOYDALANISH
Grilda pishirishdan
Gril harorati
tashqari barcha
1. Past
taom tayyorlash
2. O'rtacha
rejimlari uchun
3. Yuqori
haroratni
belgilang.
1. Funksiya tanlash dastasini aylantirib,
2. Haroratni nazorat qilish dastasini
kerakli taom tayyorlash rejimini tanlang.
aylantirib, kerakli harorat darajasini tanlang.
Agar "Gril" funksiyasini tanlab, haroratni 50 °C va 250 °C oralig'ida belgilasangiz, yoki
"Odatdagiday taom tayyorlash" rejimini tanlab, haroratni Gril 1 va 3 oralig'ida belgilasangiz,
signal chalinadi va displeyda haroratni qayta belgilang degan xabar chiqadi.
Faqat chiroqni yoqish
Pech funksiyalari
Konveksiya
Konveksiya tomonidan hosil qilinadigan issiqlik pechda ventilyatorlar tomonidan tekis
taqsimlanadi. Bu funksiyadan muzlatilgan taomlar va pishiriqlar uchun foydalanish zarur.
Tavsiya qilingan harorat: 170 °C
Yuqori issiqlik + Konveksiya
Yuqori isitish tizimi va konveksiya tomonidan hosil qilinadigan issiqlik pechda ventilyatorlar
tomonidan tekis taqsimlanadi. Bu funksiyadan go'sht singari qarsildoq taomlarni tayyorlash
uchun foydalanish zarur. Tavsiya qilingan harorat: 190 °C
An'anaviy
Issiqlik yuqori va quyi isitish tizimlaridan chiqadi. Bu funksiyadan deyarli istalgan taom
turlarini odatdagiday pishirish va qovurish uchun foydalanish kerak.
Tavsiya qilingan harorat: 200 °C
Quyi issiqlik konveksiyasi
Quyi isitish tizimi va konveksiya tomonidan hosil qilinadigan issiqlik pechda ventilyatorlar
tomonidan tekis taqsimlanadi. Bu funksiyadan pitstsalar, non va tortlar tayyorlash uchun
foydalanish zarur. Tavsiya qilingan harorat: 190 °C
Katta gril
Issiqlik katta yuzaga ega bo'lgan gril tomonidan chiqariladi. Bu funksiyadan lazanya va
grillangan go'sht singari taomlarni tayyorlash uchun foydalanish zarur.
Tavsiya qilingan harorat: O'rtacha
O'zbek - 13
05 SOZLAMALAR
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 13 5/30/2017 4:36:55 PM
SINOV TAOMLARI
EN 60350 va DIN44547 standartlariga ko'ra
1. Pishirish
Pishiriqlar bo'yicha tavsiyalar pechning avvaldan isitishini nazarda tutadi.
Pishirish patnisini pechning ichiga shunday solingki, qiya cheti pechning orqa tomoniga taqalsin.
Tokcha
Tayyorlash
Haror.
Tayyorlash
Taom turi Idish va eslatmalar
darajasi
rejimi
(°C)
vaqti (daq.)
Biskvit Pishirish patnisi 3 An'anaviy 160-170 20-30
2 Konveksiya 150-160 30-35
2 pishirish patnisi 1 + 4 Konveksiya 150-160 35-40
Kichkina tortlar Kichkina tortlar 3 An'anaviy 160-180 15-25
2 Konveksiya 150-160 30-35
2 pishirish patnisi 1 + 4 Konveksiya 150-160 35-40
Yog'siz biskvit Katta panjaradagi
2 An'anaviy 160-180 20-30
yig'ma tort qolipi
2 Konveksiya 150-160 30-40
(Qora, diametri 26 sm)
Patnisda
Pishirish patnisi 3 An'anaviy 170-180 35-40
tayyorlanadigan
2 Konveksiya 150-160 60-70
olmali pirog
2 pishirish patnisi 1 + 4 Konveksiya 150-160 70-80
Olmali pirog Katta panjara +
1 tasi
Konveksiyali 170-190 70-90
2Yig'ma tort qolipi *
diagonal
(Qora, diametri 20 sm)
ravishda
joyashtiriladi
Pishirish patnisi
1 + 3 Konveksiya 170-190 80-100
+ Katta panjara +
2Yig'ma tort qolipi **
(Qora, diametri 20 sm)
* Ikkita tort panjaraning chapki orqa qismida va o'ng old qismida joylashtiriladi.
** Ikkita tort o'rtada, bir-birining ustiga qo'yiladi.
2. Gril rejimida tayyorlash
Bu funksiyadan "Yuqori" nomli eng yuqori harorat sozlamasini ishlatgan holda foydalaning. Avval
bo'sh pechni 5 daqiqa davomida qizitib oling.
Tokcha
Tayyorlash
Haror.
Tayyorlash
Taom turi Idish va eslatmalar
darajasi
rejimi
(°C)
vaqti (daq.)
chi
Oq non tostlari Katta panjara 5 Katta gril Yuqori 1
1-2
chi
2
1-1½
chi
Mol go'shtli
Kichkina panjara
4
Katta gril Yuqori 1
14-16
chi
burgerlar * (12 ea)
Pishirish patnisi
3
2
3-5
(tomchilarni ushlab
qolish uchun)
* Mol go'shtli burgerlar: "Katta gril" funksiyasini ishlatgan holda avval bo'sh pechni 15 daqiqa
davomida qizitib oling.
O'zbek - 14
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 14 5/30/2017 4:36:55 PM
tozalash va qarov
KATALITIK EMAL YUZA (XARIDOR XOHISHIGA BINOAN
QO'SHIMCHA RAVISHDA SOTILADI)
Olib qo'yiluvchi qoplama to'q kulrang katalitik emal qilan qoplangan, bu konveksiyali qizdirish
vaqtida aylanuvchi havo bilan tarqatiladigan moy va hayvon yog'lari bilan qoplanishi mumkin. Bu
qoplamalar pechning harorati 200 °C darajasidan oshgandan keyin yonib ketadi.
1. Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.
2. Pechning barcha ichki yuzalarini tozalab bo'lganingizdan so'ng, pechni konveksiya rejimi, 250 °C
darajasiga sozlab qo'ying.
QO'LDA TOZALASH
DIQQAT: Pech va uning anjomlarini tozalashdan oldin ular sovuq ekanligini tekshiring.
Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung,
pichoq yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.
Pechning ichki qismi
• Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq sovunli
suvdan foydalaning.
• Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.
• Pechning emal yuzasini shikastlanishining oldini olish uchun oddiy pech tozalagichlaridan
foydalaning.
• Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.
Pechning tashqi yuzasi
Pech eshigi, dastasi va displeyi kabi pechning tashqi qismlarini tozalash uchun toza latta va sust
yuvish vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va ularni qog'oz sochiq yoki quruq sochiq bilan
artib, quriting.
Pechdan chiqayotgan issiq havoning dastidan ayniqsa tutqich yoki tugmachalar tezda yog'li kir
bilan qoplanib qolishlari mumkin, shuning uchun sizdan pechni ishlatganingizdan so'ng tutqich bilan
tugmachalarni tozalash iltimos qilinadi.
Anjomlar
Anjomni har safar foydalangandan keyin yuving va oshxona sochig'i bilan quriting. Zarur bo'lgan
hollarda osonroq tozalanishi uchun 30 daqiqacha iliq sovunli suvga solib qo'ying.
SUV TO'PLAGICHINI TOZALASH
Suv to'plagichi pechda juda nam taomlar tayyorlanayotganida
namlikdan to'planadigan suvni yig'ish uchun mo'ljallangan. Suv
to'plagichida taomlarning qoldiqlari yig'ilib qolishi mumkin. Agar u
tozalanmasa, pechni o'rab turuvchi jihoz shikastlanishi mumkin.
Jihozingizni himoyalash uchun pechda taom tayyorlagan so'ng suv
to'plagichini tozalab turing.
OGOHLANTIRISH: Agar taom tayyorlaganingizdan so'ng suv
to'plagichidan suvning sizib chiqishini payqasangiz, bizning
xizmat markazimiz bilan bog'laning.
O'zbek - 15
06 TOZALASH VA QAROV
Suv to'plagichi
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 15 5/30/2017 4:36:56 PM
YON TOMONDAGI YO'NALTIRGICHLARNI AJRATIB OLISH (IXTIYORIY)
1. Yon tomonlama
2. Yon tomonlama
3. Yon tomonlama
yo'naltirgich yuqori
yo'naltirgichni taxminan
yo'naltirgichni torting va
qismining o'rtasidan
45darajaga aylantiring.
tubdagi ikkita teshikdan
bosing.
chiqarib oling.
PECH SHIFTINI TOZALASH (IXTIYORIY)
1. Gril isitgichini pastga tushirib qo'yishingiz mumkin -
bu pech shiftini tozalashda yordam beradi.
Gril isitgichini ushlab turgan holda halqali gaykani
soat miliga qarshi yo'nalishda burab, yechib oling.
2. Gril isitgichining old qismi pastga bukiladi.
Gril isitgichini pechdan olib chiqarish mumkin emas.
Gril isitgichini pastga qarab bosmang - u qiyshayib
ketishi mumkin.
3. Tozalash tugallangandan keyin gril isitgichini
joyiga ko'tarib qo'ying va halqali gaykani soat mili
yo'nalishida aylantiring.
O'zbek - 16
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 16 5/30/2017 4:36:56 PM
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
MUAMMO YECHIM
Agar pech isimasa, nima
• Pech yoqilmagan bo'lishi mumkin. Pechni yoqing.
qilishim kerak?
• Talab qilingan sozlamalarning qo'llanilganligini tekshiring.
• Uydagi saqlagich erib ketgan yoki zanjir uzgichi ishlab qolgan bo'lishi
mumkin. Saqlagichlarni almashtiring yoki elektr zanjirni qayta tiklang.
Agar bu hol tez-tez sodir bo'lsa, malakali elektrikka murojaat qiling.
Agar hattoki funksiya va
• Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.
harorat belgilangandan
• Agar pech eshigini ochiq qoldirmagan bo'lsangiz, ichki elektr kontaktlarida
keyin ham pech qizimasa,
muammolar bor bo'lishi mumkin. Mahalliy xizmat ko'rsatish markaziga
nima qilishim kerak?
qo'ng'iroq qiling.
Agar pech chirog'i
• Pech chirog'i ishdan chiqqan bo'lishi mumkin. Pech chirog'ini almashtiring.
yoritmasa, nima qilishim
• Pech chirog'i almashtirilganidan keyin ham ishlamasa, mahalliy xizmat
kerak?
ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq qiling.
Sovituchi ventilyator pech
• Pechni issiqdan himoyalash maqsadida pech ishlatilganidan keyin
o'chirilganidan keyin ham
sovituvchi ventilyator u sovigunicha ishlab turadi. Agar sovituvchi ventilyator
ishlab tursa, nima qilishim
pech sovib bo'lganidan keyin ham to'xtamasa, mahalliy xizmat ko'rsatish
kerak?
markaziga qo'ng'iroq qiling.
Hamma tugmachalar
• Bolalardan qulflash funksiyasi yoqilgan-yoqilmaganligini tekshiring.
bosilmasa, nima qilishim
Agar bolalardan qulflash funksiyasi faol bo'lmasa, mahalliy xizmat
kerak?
ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq qiling.
AXBOROT KODLARI
Axborot kodlarining hammasi ham pechda nosozlik bor degan ma'noni bildirmaydi. Iltimos, avval quyida
berilgan muammo yechish usullarini qarab chiqing. Agar axborot kodlari hamon chiqaversa, SAMSUNG
kompaniyasining mahalliy xizmat ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq qiling.
KOD MUAMMO YECHIM
O'zbek - 17
**
1)
Xavfsizlik uchun o'chirish
Pechni o'chiring va taomni chiqarib oling.
Pechdan yana foydalanishdan avval
Pech belgilangan haroratda uzoq vaqt ishlab turdi.
uning sovishini kuting. Bu pech xatoligi
• 105 °C dan past 16 soat
bo'lmaganligi uchun pech o'chirilib,
• 105 °C dan 240 °C gacha 8 soat
soviganidan keyin undan yana
• 245 °C dan Maks. gacha 4 soat
foydalanishingiz mumkin.
1)
**
Tugmacha xatoligi
Tugmachalarni tozalang va tugmacha
atrofidagi sirtlarda suv borligini tekshiring.
Bu hol tugmacha bosilib, biroz vaqt bosilgan holda
Pechni o'chirib, uni qaytadan sozlab
ushlanganida ro'y beradi.
ko'ring. Agar bu xato yana takrorlansa,
SAMSUNG kompaniyasining mahalliy
xizmat ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq
qiling.
1)
**
Agar rejim uchun tegishli haroratni tanlamagan
Rejim uchun durust harorat tanlang.
bo'lsangiz.
(“Tayyorlash rejimidan foydalanish”
bo'limiga qarang)
1)
Xavfsizlik xatoligi
Darhol pechdan foydalanishni to'xtatib,
**
uni o'chirib qo'ying. SAMSUNG
Pech xatoligi quyi unumdorlikka va xavfsizlik
kompaniyasining mahalliy xizmat ko'rsatish
muammolariga olib kelishi mumkin.
markaziga qo'ng'iroq qiling.
1) ** barcha raqamlarni ko'rsatadi.
06 TOZALASH VA QAROV
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 17 5/30/2017 4:36:57 PM
qaydlar
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 18 5/30/2017 4:36:57 PM
qaydlar
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 19 5/30/2017 4:36:57 PM
MALAYZIYADA ISHLAB CHIQARILGAN
ISHLAB CHIQARUVCHI : SAMSUNG
TOVAR SERTIFIKATLANGAN : ALTTEST
MANZIL:
Samsung Elektroniks (M) Sdn. Bxd. (SEMA),
Lot2, Lebux 2, Nord Klang Streyts,
Eria 21, Indastrial Lark, 42000 Port
Klang, Seleangor, Malayziya.
SAVOLLARYOKI FIKRLAR PAYDO TUG‘ILGANIDA
MAMLAKAT TELEFON VEB-UZEL
8-800-555-55-55
RUSSIA
www.samsung.com/ru/support
(VIP care 8-800-555-55-88)
GEORGIA 0-800-555-555
ARMENIA 0-800-05-555
AZERBAIJAN 0-88-555-55-55
www.samsung.com/support
KYRGYZSTAN 00-800-500-55-500 (GSM: 9977)
UZBEKISTAN 00-800-500-55-500 (GSM: 7799)
8-10-800-500-55-500
KAZAKHSTAN
www.samsung.com/kz_ru/support
(GSM: 7799, VIP care 7700)
TAJIKISTAN 8-10-800-500-55-500
MONGOLIA +7-495-363-17-00
www.samsung.com/support
BELARUS 810-800-500-55-500
MOLDOVA 0-800-614-40
www.samsung.com/ua/support (Ukrainian)
UKRAINE 0-800-502-000
www.samsung.com/ua_ru/support (Russian)
DG68-00534A-03
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 20 5/30/2017 4:36:57 PM
Оглавление
- Встраиваемый духовой шкаф
- Вбудована піч
- Кіріктірілген пеш
- Jihoz ichiga o'rnatiladigan pech