Indesit BWSD 61051 1: Shaxsiy sozlash

Shaxsiy sozlash: Indesit BWSD 61051 1

Shaxsiy sozlash

Haroratni o'rnatish

UZ

Yuvish haroratini o'rnatish uchun HARORAT tugmasini bosing (Yuvish sikllari ga qarang).

Harorat pasaytirilishi yoki hatto sovuq suvda yuvishga qo'yilishi mumkin.

Eslatma: Agar qo‘yilgan qiymat tanlangan siklga mos kelsa, murvat indikatori yonadi (yonib turadi). Agar mos kelmasa, u

o‘chib-yonadi va 3 marta tovushli signal beriladi.

Kir yuvish mashinasi har bir yuvish sikli uchun belgilab qo'yilgan eng yuqori qiymatdan baland bo'lgan haroratni

tanlashingizning oldini avtomatik tarzda oladi.

! Istisno: agar 6-dastur tanlangan bo'lsa, harorat 60°C qiymatgacha oshirilishi mumkin.

! Istisno: agar 7-dastur tanlangan bo'lsa, harorat 60°C qiymatgacha oshirilishi mumkin.

Aylanish tezligini o'rnatish

Tanlangan yuvish sikli uchun aylanish tezligini o'rnatish uchun AYLANISH TEZLIGI tugmasini bosing.

Eslatma: Agar qo‘yilgan qiymat tanlangan siklga mos kelsa, murvat indikatori yonadi (yonib turadi). Agar mos kelmasa, u

o‘chib-yonadi va 3 marta tovushli signal beriladi.

Har bir yuvish sikli uchun eng yuqori aylanish tezliklari quyidagilar:

Yuvish sikllari Eng yuqori aylanish tezligi

Paxta matolar 1000 a/d

Sintetik matolar 1000 a/d

Jun 800 a/d

Aylanish tezligini pasaytirish mumkin yoki aylanish tezligini belgisini tanlash bilan butunlay bekor qilish mumkin.

Kir yuvish mashinasi har bir yuvish sikli uchun belgilab qo'yilgan eng yuqori tezlikdan baland bo'lgan aylanish tezligini

tanlashingizning oldini avtomatik tarzda oladi.

Funksiyalar

Ushbu kir yuvish mashinasida mavjud turli-tuman yuvish funksiyalari har doim istalgan natijalarga erishishda yordam beradi.

Funksiyalarni faollashtirish uchun:

1. Istalgan funksiyaga tegishli tugmani bosing;

2. tegishli indikator chirog'i yonganda funksiya yoqiladi.

Qayd:

- Agar tanlangan funksiya dasturlashtirilgan yuvish sikli bilan mos kelmasa, tegishli indikator chirog'i chaqnaydi va funksiya

faollashtirilmaydi.

- Agar tanlangan opsiya boshqa oldin tanlangan opsiyaga mos kelmasa, indikator chirog'i qo'ng'iroq (3 marta "bip"illaydi)

bilan birga chaqnaydi va faqat so'nggi opsiya faollashtiriladi; faollashtirilgan opsiyaga tegishli indikator chirog'i yonadi.

Dog'larni ketkizish

Ushbu opsiya dog'larni ketkizish siklini optimal tarzda sozlash bilan kir turini tanlash imkonini beradi. Kir joyning quyidagi

turlarini tanlash mumkin:

- Oziq-ovqat, masalan, osiq-ovqat mahsulotlari va ichimliklari tekkan dog'lar uchun.

- Ish, masalan, yog' va bo'yoq dog'lari uchun.

- Ko'cha, masalan, balchiq va ko'kalam dog'lari uchun.

! Yuvish sikli vaqti tanlangan kir joy turiga qarab farqlanishi mumkin.

Qo'shimcha chayish

Ushbu opsiyani tanlash bilan chayish samaradorligi oshadi va kir yuvish vositalarining optimal yuvilib ketishi kafolatlanadi.

Bu, ayniqsa, ta'sirchan qo'llar uchun foydali.

Oson dazmollash (Easy iron)

Bu funksiya tanlansa, yuvish va siqish sikllari buyumlarni g‘ijimlamaslik maqsadida o‘zgaradi. Sikl oxirida baraban sekin

aylanadi va OSON DAZMOLLASH (EASY IRON) va BOSHLASH/PAUZA (START/PAUSE) indikator chiroqlari o‘chib-

yonadi. Siklni tugatish uchun BOSHLASH/PAUZA (START/PAUSE) yoki OSON DAZMOLLASH (EASY IRON) tugmasini

bosing.

57

Оглавление