Haier HW60-12829A – страница 8

Инструкция к Стиральной Машине Haier HW60-12829A

Haier

Foydalanuvchi uchun

qo’llanma

HW60-12829A

HW70-12829A

Elementlar

Haier mahsulotini tanlaganingiz uchun sizga tashakkur bildiramiz.

Qo’llanmada qurilmadan foydalanishdan maksimal foyda olish va xavfsiz va to’g’ri o’rnatish, foydalanish va

xizmat ko’rsatishni ta’minlashga yordam beradigan muhim ma’lumotlar saqlanadi.

Mazkur qo’llanmani qulay joyda saqlang, toki siz qurilmadan xavfsiz va to’g’ri foydalanish uchun uni doimo

ishlatishingiz mumkin bo’lsin.

Agar siz qurilmani sotishga, berib yuborishga yoki, ko’chayotgan paytda, uni uyning yangi egalariga qo’yib

ketishga qaror qilsangiz, unda ushbu qo’llanmani ham berib keting, toki yangi sohib qurilma va xavfsizlik haqidagi

ogohlantirishlar bilan tanisha olsin.

Tegishli ashyolar

Tegishli ashyolar va adabiyotni ushbu ro’yxatga muvofiq tekshiring:

1

1x Foydalanuvchi uchun qo’llanma

1x Quyi qopqoq

Ishlab chiqaruvchi buyumning konstruksiyasi va

jihozlanishiga qo’shimcha xabar berishlarsiz

o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

Mundarija

Ogohlantirishlar ................................................................................................................................... 3

Foydalanishdan oldin ........................................................................................................................... 6

Funksiyalar ......................................................................................................................................... 10

Xizmat ko’rsatish ............................................................................................................................... 19

Nosozlklarni qidirish va bartaraf etish ............................................................................................... 22

Texnik ma’lumotlar............................................................................................................................ 23

Sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish .................................................................................................. 25

Shartli belgilar

2

Ha

Yo’q

Erkin tanlov asosida

Diqqat! Xavfsizlik texnikasi bo’yicha muhim axborot!

Umumiy axborot va maslahatlar

Utilizasiya

Mahsulot, aksessuarlar yoki materialdagi muvofiq axborotga tegishli mazkur belgining mavjudligi, xizmat muddati

tugagach mahsulot yoki uning elektron ehtiyot qismlari maishiy chiqindilardan boshqa-boshqa joylarga utilizasiya

qilinishi kerakligiga ishora qiladi.

Chiqindilarni nazoratsiz utilizasiya qilishdan kelib chiqadigan atrof-muhit yoki inson sog’ligiga

ehtimoliy zarar yetkazilishini oldini olish uchun mazkur buyumlarni boshqa turdagi

chiqindilardan alohidalash va qayta ishlovga jo’natish iltimos qilinadi. Bu material zaxiralaridan

ekologik xavfsiz foydalanilishiga ko’mak beradi.

Maishiy foydalanuvchilar mazkur buyum sotib olingan do’kon bilan bog’lanishi yoki muvofiq

mahalliy hukumat organlariga xavfsiz utilizasiya qilish joylari va mahsulotni qayta ishlash

joylarining manzili haqidagi axborotni olish uchun murojaat etishlari kerak.

Tijorat maqsadlaridagi foydalanuvchilar o’z yetkazib beruvchisi bilan bog’lanishi va xarid

shartlarini tekshirishi kerak. Mazkur buyum va uning elektron ehtiyot qismlari boshqa sanoat

chiqindilari bilan aralashtirilishi mumkin emas.

Ogohlantirishlar

Moslamani birinchi marta yoqishdan oldin

Bu qurilmadan 8 yoshli va undan katta bolalar va cheklangan jismoniy, sensor yoki aqliy qobiliyatlarga ega yoki

tajribasiz va bilimsiz shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin, faqatgina agar ular bu paytda nazorat ostida

bo’lsalar yoki ularga qurilmadan xavfsiz foydalanish to’g’risidagi yo’riqnoma berilgan va ular yuz bo’lishi mumkin

bo’lgan xavflarni tushungan bo’lsa. Bolalarga qurilma bilan o’ynash taqiqlangan. Bolalarga tozalash va xizmat

ko’rsatish ishlari bilan nazoratsiz shug’ullanish taqiqlangan.

Yoshi 3 yoshgacha bo’lgan bolalarni, faqatgina ularning doimiy nazorat ostida bo’lishi sharti bilan moslamaga

yaqin qo’yish mumkin.

Nima qilish lozim...

Barcha tashish boltlarini yechganingizga ishonch hosil qiling.

Alohida yerga ulangan himoya simli rozatkadan foydalaning.

Vilkaning foydalanishi oson joyda joylashganiga ishonch hosil qiling.

Tarmoqdan o’chirish paytida vilkani ushlab turing, kabelni emas.

Ta’minot zanjiridagi predoxranitellar 15A ga mo’ljallanganiga ishonch hosil qiling.

Qurilmani issiqlik manbai va to’g’ri quyosh nurlari ta’siridan uzoqda saqlang, plastmassa va rezin

elementlarining eskirishiga barham berish maqsadida.

Ta’minot shnuri moslamaning tagiga yoki uning ichiga kirib qolmaganiga, va shikastlanmaganiga ishonch

hosil qiling.

Shlangning ulanishlari va boshqa ulanishlar mustahkamligiga, va suvning oqib ketmayotganiga ishonch

hosil qiling. Agar ulanishlar mustahkam bo’lmasa, suv oqib ketadi; suv ta’minotini o’chiring va shlangni

ulashni qayta bajaring. Kir yuvish mashinasidan faqatgina barcha shlanglar to’liq mahkamlanganidan

keyingina foydalanish mumkin.

Nima qilish mumkin emas.

3

Moslamaga qo’l tegizish, yoki undan nam yoki ho’l qo’llar bilan yoki nam yoki ho’l oyoqlar bilan, yoki yalang

oyoq holatda foydalanish.

Oson yonuvchan yuvish vositasi yoki quruq tozalash moddasidan foydalanish.

Oson yonuvchan aerozollardan moslamaga bevosita yaqin joyda foydalanish.

Xonada yonuvchan gaz mavjudligida vilkani o’chirish yoki yoqish.

Bolalar yoki nogironlarga moslama yoki qadoqlash materiallari bilan o’ynashga ruxsat berish.

Moslamani ochiq havo, nam joy, yoki suv oqishiga yo’liqishi mumkin bo’lgan zonalar, masalan, chanoq tagida

yoki uning yonida o’rnatish. Suv oqishi holatida, mashina tabiiy tarzda qurib bo’lmagunigacha kuting.

Kir yuvish mashinasini to’g’ridan-to’g’ri gilam ustida, yoki devor yoki mebel yonida qo’yish.

Moslamadan kundalik foydalanish paytida

Nima qilish lozim.

Chuvaltirishni bartaraf etish uchun molniyani to’g’nang va botinka ipini bog’lang. Kerakligida mayda

buyumlarni kichik xalta yoki setkaga joylashtiring.

4

Ogohlantirishlar

Kir yuvishning har bir dasturini tugashidan keyin mashinani o’chiring va uni tarmoqdan uzing, elektr

energiyasini tejash va xavfsizlikni ta’minlash uchun, suvni berkitib qo’ying. Eshikchaning quyi qismini

quruqligicha arting.

Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan paytda, eshikchani bir oz ochiq saqlang, hidlar paydo

bo’lishini oldini olish uchun.

Agar ta’minot shnuri shikastlangan bo’lsa, uni tayyorlovchi, uning xizmat agenti yoki boshqa malakali

mutaxassis almashtirishi kerak.

Nima qilish mumkin emas...

5

Kir yuvish jarayoni paytida eshikchaga tegizish, chunki u isiydi.

Og’ir buyumlar yoki issiqlik yoki namlik manbailarini moslama ustiga qo’yish.

Rezinali yoki gubkali metariallarning issiq haroratda yuvilishini amalga oshirish.

Kir yuvish sikli paytida yuvish vositasini ta’minlovchi bo’lmasini ochish.

Mashinaning eshikchasini majburiy ochish; eshikcha to’sib qo’yuvchi qurilma bilan jihozlangan va kir yuvish

muolajasi tugashidan keyin ko’p ot’may ochiladi.

Agar eshikcha orqali suv sathi ko’rinayotgan bo’lsa uni ochish.

Kir yuvish mashinasini plastik paket va hokazolar bilan yopish (chunki mashinadan foydalanmayotgan paytda u

qurishi kerak.

Tejamkor foydalanish bo’yicha maslahatlar

Tavsiya etilgan maksimal yuklanish o’lchamidan foydalanib, energiya, suv, yuvish vositasi va vaqtdan eng

yaxshi foydalanishni ta’minlang.

Yuvish vositasining tayyorlovchi zavod yo’riqnomasida ko’rsatilgan dozirovkasini oshirmang.

Quritish mashinasidan foydalanishdan oldin yuvilayotgan kirdagi suv tarkibini kamaytirish uchun suvni

siqishning baland tezligini tanlash orqali energiya va vaqtni tejang.

Kir yuvishning to’g’ri haroratini tanlang. Zamonaviy yuvish vositalari 60°C dan past haroratda kirni yaxshi

yuva oladi. 60°C dan yuqori haroratni juda iflos kirlar uchun qo’llang.

Foydalanishdan oldin

Tavsifi

Ushbu sxematik tasvir siz sotib olgan kir yuvish mashinasining tashqi ko’rinishidan bir oz farq qilishi mumkin.

6

1 Yuvish vositalari/yumshatgich uchun bo’lma

1 Tashish boltlari (T1-T4)

2 Ta’minot

2 Orqa qopqoq

3 Ishga tushirish/To’xtab turish

3 Orqa qopqoq vintlari (S1-S4)

4 Yuqori panel

4 Ta’minot shnuri

5 Panel

5 Suv ta’minoti klapani

6 Eshikcha

6 Quyish shlangi

7 Filtr qopqog’i

8 Rostlanuvchan oyoqchalar

Mashinani tayyorlash

Mashinani, shu jumladan, uning polistiroldan tayyorlangan poydevorini

ham turg’un holatini ta’minlash maqsadida barcha qadoqlash materiallarini

ketkizing. Qadoqni ochgan paytda paket va eshikchada suv tomchilarini

ko’rish mumkin. Bu me’yoriy hodisa bo’lib, u suvdan foydalangan holda

olib boriladigan zavod sinovlari sababli kelib chiqqan.

Foydalanishdan oldin

O’rnatish bo’yicha yo’riqnomalar. Diqqat.Kir yuvish mashinasi juda og’ir.

Ko’tarishning xavfsiz usullaridan foydalaning.

Quyi qopqoqni o’rnating (mavjudligida).

Termo tortishuvchi qadoqni ochganda siz quyi qopqoqni topasiz (yonlarida to’rtta tuynuki bor plastik panel).

1. Mashinani orqa devorchaga qo’ying. To’rtta oyoqchasini ketkizing. (rasm 1).

2. Quyi qopqoqni o’rnating, keyin esa oyoqchalarni quyi

qopqoqdagi tuynuklarga joylashtiring (rasm 2) va ularni toblang.

Mashinani vertikal holatga qo’ying.

7

Tashish boltlarini olib tashlang

Tashish boltlari, tashish paytida amortizasiyalovchi

elementlarni kir yuvish mashinasining ichiga qotirish uchun

mo’ljallangan.

Orqa qopqoqni yeching (kerakligida!).

Orqa tomondan to’rtta tashish boltlarini olib

tashlang va mashinadan rezina zichlagichlari va

plastmassa fiksatorlarini chiqaring.

Orqa qopqoqni joyiga o'rnating (agar yechib

qo’ygan bo’lsangiz).

Boltlar uchun mo’ljallangan tuynuklarga tiqinlarni

o’rnating.

Izoh:

Orqa qopqoqni joyiga qo’ygan paytingizda, qavariq

yuza tashqariga qarashi kerak; siz orqa qopqoqni

ikki tor tirqishga joylashtirishingiz lozim, rasm 5 da

ko’rsatilganidek.

Tashish boltlari, zichlagichlar va plastmassa

fiksatorlarini keyingi foydalanish maqsadida

ishonchli joyda saqlang.

Oyoqchalar va stopor gaykasini rostlash

Kir yuvish mashinasining quyi qismida rostlanuvchi oyoqchalar mavjud. Mashinadan foydalanishdan oldin,

mashinani tekislash uchun ularni rostlash kerak. Bu tufayli vibrasiya minimallashadi va, demakki, ish paytidagi

shovqin kamayadi. Hamda bu tufayli eskirish sekinlashadi. Tekislash uchun spirt darajasidan foydalanish tavsiya

etiladi. Pol maksimal darajada qattiq va tekis bo’lishi kerak.

1. Stopor gaykasini (1) klyuch yordamida susaytiring.

2. Oyoqchani aylantirish orqali balandlikni rostlang (2).

3. Stopor gaykasi (1) ni korpusga zich qilib torting.

8

5. Foydalanishdan oldin

To’ldirish shlangi

9

To’ldirish shlangini to’ldirish klapaniga ulab

qo’ying

To’ldirish shlangini sovuq chuchuk suv quvuri

jo’mragiga ulang.

To’ldirish shlangining ulanishlarini taranglashtiring

va suv ta’minotini yoqing. Suv oqishlari

mavjudligini tekshiring. Suv oqishlarini bartaraf

qiling, so’ngra o’rnatishni davom ettiring.

Moslama bilan birga yetkazilgan shlang

komplektidan foydalaning. Eski shlanglardan qayta

foydalanish mumkin emas.

Quyish shlangi

Quyish shlangining uchini qotirib qo’yish va suvning oqib

ketishini oldini olish uchun quyish shlangining

kronshteynidan foydalaning.

Quyish shlangining ko’tarilish balandligi 80 sm - 100 sm

bo’lishi kerak. Quyish shlangini, tushib ketmasligi uchun, kir

yuvish mashinasining orqa qismidagi qisqichga mahkamlab

qo’ying.

Quyish shlangini suvga cho’ktirish mumkin emas, va u ishonchli tarzda mahkamlangan va zich yopilgan

bo’lishi kerak. Agar quyish shlangi yerda yotgan bo’lsa, yoki quvur 80 sm dan past balandlikda joylashgan

bo’lsa, suvni to’ldirish paytida kir yuvish mashinasi doimiy ravishda suvni quyib yuboradi (avtomatik

quyish).

Quyish shlangining uzunligini oshirmang; yanada uzunroq shlangdan foydalanish kerakligida texnik

mutaxassisga murojaat eting.

.

Ta’minot manbaiga ulanish

Ta’minot manbaiga ulanishdan oldin quyidagilarni tekshiring:

Rozetka kir yuvish mashinasining maksimal quvvati uchun mos kelishi

kerak (xavfsizlikni ta’minlash uchun kuch zanjiridagi predoxranitellar

15A dan kam bo’lmagan o’lchamga chamalangan bo’lishi kerak).

Kuchlanish zavod jadvalchasida ko’rsatilgan talabga muvofiq kelishi

kerak.

Rozetka kir yuvish mashinasining vilkasi uchun mos kelishi kerak.

Qurilmani yerga ulash himoya simiga ulang.

Funksiyalar

10

Boshqaruv paneli

1. Yuvish vositalari/yumshatgich uchun

bo’lma

2. YOQ/O’CH” tugmasi

3. Dasturni tanlash tugmalari

4. “Harorat” tugmasi

5. “Suvni siqish tezligi” tugmasi

6. “Qo’shimcha chayish / Bug’ /Qo’shimcha chayish + Bug’” tugmasi

7. “Keyinga qoldirilgan ishga tushirish” tugmasi

8. “Ishga tushirish/To’xtab turish” tugmasi

9. Displey

Qo'shimcha funksiyalar

Funksiya

Tavsifi

Yuvish

vositalari/yumshatgich

uchun bo’lma

Bo’lmani oching, siz uchta bo’linmani ko’rasiz:

Bo’linma 1: Foydalanilmayapti

Bo’linma 2: Dasturlar uchun yuvish vositasi

Bo’linma: Yumshatgich, kondisioner.

Yuvish vositalarining turi bo’yicha tavsiyalar kir yuvishning

turli haroratlari uchun mos keladi, yuvish vositalari bo’yicha

qo’llanmani ko’ring.

“YOQ/O’CH”

Tugmasi

Kir yuvish mashinasini yoqish uchun ushbu tugmani bosing. Mashinani o’chirish

uchun uni takroran bosing. Mashinani o’chirish uchun, bu tugmani ehtiyotkorlik

bilan bosing va 2 soniya davomida ushlab turing, chunki tugmalar qo’l tegishiga

sezgir.

Dasturni tanlash

tugmalari

Dasturni tanlash uchun bu tugmalarni bosing, dastur tanlanganida muvofiq

indikator yonadi.

”Harorat” tugmasi

Kir yuvishning haroratini o’zgartirish uchun mazkur tugmani bosing. Agar birorta

ham ko’rsatkich yonmasa – suv isimaydi

“Suvni siqish tezligi

tugmasi

Suvni siqish tezligini o’zgartirish yoki suvni siqishni bekor qilish uchun mazkur

tugmadan foydalaning. Agar birorta ham ko’rsatkich yonmasa – suvni siqish

amalga oshirilmaydi.

.

Kirlarning turli tiplari uchun turli suv harorati va suvni siqish tezligini

o’rnatish mumkin. Agar o’zingizda alohida talablar bo’lmasa, zavod

sozlanmalaridan foydalaning.

Funksiyalar

11

Tugma:

”Qo’shimcha

chayish/

Bu tugmaga doir, siz turli funksiyalardan foydalanishingiz mumkin, bu siz ushbu

tugmani necha marta bosganingizga bog’liq.

Bug’/

Ushbu tugmani birinchi marta bosganingiz qo’shimcha chayish funksiyasi.

Qo’shimcha

chayish+

Ikkinchi marta bosganingiz Bug’ bilan kir yuvish.

Bug’”

Uchinchi marta bosganingiz qo’shimcha chayish va bug’ bilan kir yuvish; siz ikki

yorug’lik diodining baravar yonganini ko’rasiz.

To’rtinchi marta bosganingiz qo’shimcha chayish va bug’ bilan kir yuvish

funksiyasini o’chirish; yorug’lik diodi o’chiriladi.

Beshinchi bosganingiz qaytib qo’shimcha chayishni yoqadi va hokazo.

Kerakligida ushbu funksiyani “Paxta – Sintetika Aralash kir yuvish

Bolalar narsalari” rejimlarini o’rnatish paytida tanlash mumkin.

Tugma:

“Keyinga

qoldirilgan

ishga tushirish”

Mazkur tugmadan to’xtab turish dasturini ishga tushirish uchun foydalaning. To’xtab

turish vaqti qadamba qadam 30 daqiqa (0,5 dan 24 soatgacha) qadami bilan oshirib

borilishi mumkin. Masalan, vaqt displeyidagi tasvir 6:30 bo’lganda, buning ma’nosi

shuki, dastur 6 soat 30 daqiqadan keyin tugatiladi. Muayyan vaqt to’xtab turish

funksiyasini yoqish uchun, “Ishga tushirish/To’xtab turish” tugmasini bosing.

Funksiya dasturlarning barchasi uchun ham qo’llanilmaydi.

.

Keyinga qoldirilgan ishga tushirish vaqti dasturning vaqtidan ko’proq

bo’lishi kerak, aks holda kir yuvish mashinasi darrov kir yuvish dasturini

boshlab yuboradi.

Tugma: “Ishga

tushirish/To’xtab

turish»

Kir yuvish mashinasining ta’minotga ulangan va dastur tanlangan paytida, ishni

boshlash uchun tugmani sekingina bosing. Kir yuvish sikli davomida uni sekingina

bossangiz, ish to’xtaydi, ekrandagi raqamlar esa miltillay boshlaydi. Ishni yangidan

boshlash uchun uni yana bir marta bosing. Kir yuvish sikli paytida kir yuvish

dasturini bekor qilish uchun ushbu tugmani bosing, ekrandagi raqamlar miltillay

boshlaganidan keyin, ta’minotni o’chirish tugmasini bossangiz dastur bekor qilinadi.

Displey

Bu yerda kir yuvishni tugashigacha qolgan vaqt haqidagi axborot va xatoliklar

haqidagi xabarlar aks ettiriladi.

Kir yuvish dasturini ishga tushirgandan keyin displey yonadi, kir yuvishni

tugashigacha qolgan vaqt esa kamayib boradi. Suv bosimi va harorat farq

qilishi mumkinligi uchun, tugashigacha qolgan vaqt muvofiq tarzda

to’g’rilanishi mumkin. Suvni siqish paytida kir tekis taqsimlanmagan

bo’lsa, vaqt avtomatik ravishda uzaytiriladi.

Tovush signalini bekor qilish

Agar talab etilsa, tovush signalini o’zgartirish mumkin.

Kir yuvish mashinasini yoqing va “Suvni siqish” dasturini tanlang. So’ngra “Keyinga qoldirilgan ishga

tushirish” va “Suvni siqish tezligi”ni bosing va 3 soniya davomida ushlab turing. Ekranda “BEEP OFF

xabari aks etadi buning ma’nosi shuki, tovush signali bekor qilindi.

Tovush signalini yoqish

Kir yuvish mashinasini yoqing va “Suvni siqish” dasturini tanlang. So’ngra “Keyinga qoldirilgan ishga

tushirish” va “Suvni siqish tezligi” ni bosing va 3 soniya davomida ushlab turing. Ekranda “BEEP ON”

xabari aks etadi buning ma’nosi shuki, tovush signali qayta faollashtirildi.

Funksiyalar

Dasturiy rejimlar

12

1 Foydalanilmayapti

2 Yuvish vositalari uchun bo’lma

Kondisioner uchu bolma

Dastur

Maks. harorat

Oldindan

o’rnatilgan

qiymat

2

1

Mato turi

Suvni siqish

tezligi

1

Paxta+

90°C

30°C

Paxta

1000 ay/min

2

Jun

60°C

30°C

Jun matosi

1000 ay/min

3

Gigiyena

60°C

30°C

Paxta

1000 ay/min

4

Bolalar narsalari

90°C

40°C

Paxta/Sintetika

1000 ay/min

5

Aralash kir

yuvish

40°C

30°C

Paxta/Sintetik

matolar

1000 ay/min

6

Sintetika

40°C

C

Kimyoviy tolali

matolar

800 ay/min

7

Paxta

60°C

40°C

Paxta/Sintetik

matolar

1200 ay/min

8

Ekspress 15 daq

40°C

Paxta/Sintetik

matolar

1000 ay/min

9

Tez kir yuvish

40°C

40°C

Paxta

1000 ay/min

10

Nozik kir yuvish

30°C

30°C

Ipak

400 ay/min

11

Qo’lda kir

yuvish

30°C

30°C

Ip gazlama

800 ay/min

12

Sport kirlarini

yuvish

40°C

20°C

Sport kiyimlari

800 ay/min

13

Jinsi kirlarini

yuvish

60°C

30°C

Jinsi matolari

1000 ay/min

14

Suvni siqish

1000 ay/min

Ha

Erkin tanlov

asosida

Yoq’

Funksiyalar

Chiqim jadvali

13

Dastur

Harorat

Maksimal

yuklanish

Elektr

energiyasi

chiqimi

Suv chiqimi

Kir yuvish

davomiyligi

Suvni siqish

paytidagi tezlik

HW60-12829A

HW70-12829A

HW60-12829A

HW70-12829A

HW60-12829A

HW70-12829A

HW60-12829A

HW70-12829A

HW60-12829A

HW70-12829A

HW60-12829A

HW70-12829A

Sintetik matolar

30

3 kg/3,5 kg

/

/

/

V

Paxta +

40

3 kg /3,5 kg

?/0,462 kVts

?/36,5 l

3:43 s

V

60

3 kg /3,5 kg

?/0,732 kVts

?/35 l

3:45 s

V

60

6 kg /7 kg

?/0,7 kVts

?/48,3 l

3:45 s

V

60°C va 40°C harorat uchun paxta standart dasturlari oddiy kirlanish darajasida bo’lgan ip gazlama

matolarini yuvish uchun mos keladi, va ular ushbu tur matolarini yuvish uchun elektr energiyasi va suv

chiqimi nuqtai nazaridan eng samarali dasturlar bo’lib hisoblanadi; suvning faktik harorati siklga

topshirilgan haroratdan farqlanishi mumkin.

• Dastur sozlanmalarining energiya samaradorligini

markirovkasi:

1."

Paxta + > +40°C + maksimal tezlik”

2."

Paxta + > +60°C + maksimal tezlik”

Eng yaxshi yuvish vositasini tanlang

Universal

Rangli matolar

uchun

Nozik matolar

uchun

Maxsus

Yumshatgich

Paxta +

L/P

L/P

-

-

O

Jun

-

-

-

L

O

Gigiyena

L/P

L/P

L

-

O

Bolalar narsalari

L/P

L/P

-

-

O

Aralash kir yuvish

L/P

L/P

L

-

O

Sintetika

-

-

-

L

O

Paxta

-

-

-

L

O

Ekspress 15 daq

L

L

-

O

Tez kir yuvish

L

L

-

-

O

Nozik kir yuvish

-

-

L

-

O

Qol’da kir yuvish

-

-

-

L

O

Sport kirlarini

yuvish

-

-

-

L

O

Jinsi kirlarini

yuvish

L/P

L/P

L

-

O

Suvni siqish

-

-

-

-

O

Yuvish vositasi

Harorat diapazoni °C da

L

Suyuq vosita

sovuq suv- 60

P

Poroshok

40 - 90

O

Erkin tanlov asosida

- - -

-

Yo’q

- - -

Suyuq yuvish vositasidan foydalanish holatida dasturning keyinga qoldirilgan ishga tushirish funksiyasini yoqish

tavsiya etilmaydi. Iltimos, yuvish vositasining talab etilgan miqdorini aniqlash uchun uning qadog’idagi

ko’rsatmalarga murojaat eting.

Axborot uchun: zamonaviy yuvish vositalari past haroratlarda ishlaydi.

14

Funksiyalar

Kir yuvish yo’llari

15

Mazkur kir yuvish mashinasi faqat uy-xo’jaligida foydalanish uchun mo’ljallangan. Kir yuvish mashinasidan

tijorat yoki boshqa maqsadlarda foydalanish holatida kafolat o’z haqiqiyligini yo’qotadi.

Mashinadan u mo’ljallanmagan maqsadlarda foydalanmang. Kiyim yorliqlaridagi yo’riqnomalarga rioya

qiling va faqatgina mashinada yuvishga mo’ljallangan kir buyumlarinigina yuving.

Ta’minot manbai

Kir yuvish mashinasini elektr iste’moli manbaiga ulang. (220 V dan 240 V

gacha ~/50Gts).

Suv ta'minoti

Jo’mrakni oching. Suv toza va tiniq bo’lishi kerak.

Foydalanishdan oldin, jo’mrakni ochib, shlanglar ulanishlarida

oqishlar borligi ehtimolini tekshiring.

Kirni yuvish uchun tayyorlash

Kiyimni u tayyorlangan matolar (paxta, sintetik matolar, jun yoki ipak) va

kirlanish darajasiga muvofiq saralang.

Oq matolarni ranglilaridan ajrating. Ularning tullashga yoki kirishib ketishga

yo’liqmaganini oydinlashtirish uchun, oldin ularni qo’lda yuvishga harakat

qiling.

Hoshiyasiz kiyim, ichkiyim va yupqa tekstil, masalan, yupqa pardalarni kir

yuvish xaltasiga joylashtirish maqsadga muvofiq (ularni kir yuvish

mashinasida yuvmagan yaxshi).

Molniyalar va ilgaklarni to’g’nang, tugmalar mahkam tikilganiga ishonch

hosil qiling, va kichkina buyumlarni, masalan, paypoqlar, kamarlar,

ko’krakbog’lari va hokazolarni kir yuvish mashinasiga joylashtiring.

Choyshablar, ko’rpajildlar va hokazolar kabi katta buyumlarni yozing.

Ko’ylaklarni teskari tomonga o’giring.

Diqqat: Kichkina predmetlar (tugmalar va hokazolar kabi)

ta’mirlanish ehtiyojiga olib kelishi mumkin, va kir yuvish

mashinasining shikastlanishini chaqirishi mumkin, qaysiki

foydalanuvchi tomonidan to’lanishi kerak.

Cho’ntaklardan barcha narsalarni (kalitlar, tangalar va hokazolarni) chiqarib

qo’ying va qattiq taqinchoqlarni (masalan, broshkalarni) yechib qo’ying.

Funksiyalar

16

Kir yuvish mashinasini yuklash

Kir yuvish mashinasini eshigini oching va ichiga har bir kiyim buyumini

alohida-alohida joylashtiring. Eshikchani mahkam yoping. Kirning eshikcha

tomonidan qisilib qolmaganini tekshiring, bu lyukning yengini

shikastlanishiga va foydalanuvchi hisobidan ta’mirlanish kerakligiga olib

kelishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan oldin uni

kirsiz bir siklga tushiring, kirning kir yuvish mashinasidagi yog’ yoki iflos suv

bilan kirlanishini oldini olish uchun. Kir yuvishdan oldin mashinani 60°C

dasturida va yuvish vositasi bilan ishga tushiring.

Kir yuvish mashinasini ortiqcha yuklamang. Turli dasturlarda maksimal

yuklanishning turli qiymatlari ko’rsatilganiga e’tibor bering. Maksimal

yuklanishni aniqlash uchun qoidalar: kir va barabanning usti orasida 15 sm

dan kam bo’lmagan oraliq qolishi kerak. Eshikchani sekingina yoping.

Kirning qisilib qolmaganiga ishonch hosil qiling.

Yuvish vositasini tanlash

Kir yuvishning samaradorligi va natijalari foydalanilayotgan yuvish vositasining sifatiga bog’liq. Maxsus

ko’piklanmaydigan yuvish vositasi kir yuvishning yaxshi natijalarini ta’minlaydi. Sintetik matolardan tayyorlangan

buyumlar va junlik buyumlar uchun maxsus yuvish vositalaridan foydalaning. Kimyoviy tozalash uchun vositalar,

masalan, trixloretilen va unga o’xshash mahsulotlardan foydalanmang.

Kerakligidan ortiq poroshok solmang. Aks holda bu quyida tasvirlangan holatlarga, va kir yuvish

mashinasining noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin, bu uning xizmat muddatiga ta’sir qiladi.

Ko’pikning ko’proq miqdori hisobidan chayish davomiyligi odatdagidan ko’ra ko’proq bo’ladi;

Ko’pikning yuqori bosimi hisobidan, yuvish vositasini yuklash konteyneridan ko’pik kelishi mumkin:

Siqishning oxirgi siklidan keyin ko’pik chayimagan qolishi mumkin.

Tavsiya:

Yuvish vositasini yuklash konteynerini kundalik tozalash maqsadga muvofiq.

Iltimos, kir yuvish poroshogi yoki suyuq yuvish vositasini qadog’ida keltirilgan dozalash bo’yicha

ko’rsatmalariga rioya qiling.

Yuvish vositasini yuklash

Yuvish vositasini yuklash uchun konteynerni torting va va talab etilgan miqdorda yuvish vositasi va kondisionerni

muvofiq bo’linmalarga joylashtiring. Konteynerni sekingina avvalgi joyiga suring. (Konteynerdagi

yo’riqnomalarga rioya qiling.)

Suyuq yuvish vositasidan uning qadog’idagi yo’riqnomalarga muvofiq

foydalaning. Agar “Keyinga qoldirilgan ishga tushirish” rejimi yoqilgan

bo’lsa, bunday holatda suyuq yuvish vositasidan foydalanmang.

Kondisionerning tavsiya etilgan miqdorini oshirmang. Aks holda u sun’iy

tolalarga zarar yetkazishi mumkin.

Funksiyalar

17

Dasturni tanlash

Kir yuvishning eng yaxshi natijalariga erishish uchun kirning

turiga mos muvofiq dasturni tanlash maqsadga muvofiq.

Talab etilgan dasturni tanlash uchun "˄" yoki "˅" tugmasiga

sekingina qo’lingizni tegizing.

Funksiyani tanlash

Kerakligida talab etilgan parametrlarni tanlang. (8, 9 va 10 betlardagi “Boshqaruv paneli” bo’limiga murojaat

eting.)

Kir yuvishning haroratini o’rnatish

Istalgan harorat tanlanmagunigacha harorat tugmasini bosavering.

Suvni siqish paytida aylanish tezligini o’rnatish

Istalgan tezlik tanlanmagunigacha suvni siqish paytida aylanish tezligi tugmasini bosavering. Kir yuvish harorati

va suvni siqish paytidagi aylanish tezligini tanlash uchun 08-09 va 10 betlaridagi “Boshqaruv paneli” bo’limiga

murojaat eting. Tavsiya etilgan qiymatlarni tanlash ma’qul.

Kir yuvish

"Ishga tushirish/To’xtab turish" tugmasini bosing. Kir yuvish mashinasi o’rnatilgan dasturlarga muvofiq ishlaydi.

Kir yuvish sikli tugagach kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda to’xtatiladi. Displeyda “Tugadi” (End) xabari

aks etadi. Kir yuvish mashinasining eshikchasini oching va kirni olib chiqaring.

Dasturni bekor qilish uchun “Ishga tushirish/To’xtab turish” (Start/Pause) tugmasini bosing,

so’ngra elektr ta’minotini o’chiring, va dastur avtomatik ravishda bekor qilinadi.

Bolalardan to’sib qo’yish

Boshqaruv panelini to’sib qo’yish funksiyasi: Dasturni bajarish boshlanganidan keyin “Harorat” va “Suvni siqish

tezligi” tugmalarini 3 soniyaga baravar bosing. Ushbu funksiyani faollashtirish paytida “To’sib qo’yilgan” (clok)

xabari aks etadi.

Bunda boshqaruv tugmalari boshqa ishlamaydi. Tos’iqni ochish uchun qaytib

“Harorat” va “Suvni siqish tezligi” tugmalarini 3 soniyaga baravar bosing.

Ishga tushirish/

To’xtab turish

Harorat

Suvni siqish

tezligi

Funksiyalar

Parvarish bo’yicha diagramma

18

Mashinada kir

yuvish,

SOVUQ SUV

Qo’lda kir yuvish

Quritish, ISITISHSIZ

Quritishdan

foydalanmasin

Dazmollash, bug’lab dazmollash

yoki quritish KUCHSIZ ISITISH

paytida

Mashinada kir

yuvish, ILIQ SUV

Kir yuvmang

Quritish, KUCHSIZ

ISITISH

Ipda quritilsin

Dazmollash, bug’lab dazmollash

yoki quritish O’RTACHA ISITISH

paytida

Mashinada kir

yuvish, ISSIQ SUV

Har qanday oqartirgich yordamida

kerakligicha oqartiring, masalan,

g’ijimlanmaydigan matolar uchun

Clorox® yordamida

Quritish, O’RTACHA

TEZLIK

Siqishsiz quritilsin

Dazmollash, bug’lab dazmollash

yoki quritish KUCHLI ISITISH

paytida

Mashinada kir

yuvish, SOVUQ

SUV Xavfsiz

foydalanish

mumkin

Quritish, BALAND

TEZLIK

Gorizontal holatda

quritilsin

Bug’lab dazmollamang

Mashinada kir

yuvish, ILIQ SUV

G’ijimlanmaydigan

mato

Kerakligicha xlorsiz oqartiring

Faqatgina rang uchun xavfsiz

oqartirgichdan foydalaning,

masalan,

Quritish,

G’ijimlanmaydigan

mato, ISITISHSIZ

Kimyoviy tozalashga

yo’liqtirilmasin

Dazmollamang

Mashinada kir

yuvish, ISSIQ SUV

G’ijimlanmaydigan

mato

Clorox 2®

Quritish,

G’ijimlanmaydigan

mato, KUCHSIZ

ISITISH

Kiyim uchun ilgaklarda

quritilsin

Kimyoviy tozalash

Qo’shimcha harflar va (yoki)

chiziqlar ham bo’lishi mumkin.

Mazkur buyumlarni

Mashinada kir

yuvish, SOVUQ

SUV, nozik sikl

Oqartirilmasin

Hech qanday oqartirish

vositalaridan foydalanish mumkin

emas,

Quritish,

G’ijimlanmaydigan

mato, O’RTACHA

ISITISH

Quritish, o’rtacha isitish

mutaxassis kimyoviy tozalashga

jo’natish kerak

Kimyoviy tozalash taqiqlangan

Mashinada kir

yuvish, ILIQ SUV,

nozik sikl

shu jumladan, oqartirgichli yuvish

vositalaridan ham, yoki

oqartirishga chidamlilikni

tekshirish uchun oqartirgichni

reaksiyasini sinash muolajalarini

o’tkazing

Quritish, nozik sikl,

ISITISHSIZ

Quritish, kuchsiz isitish

Har qanday erituvchi bilan

kimyoviy tozalash

Mashinada kir

yuvish, ISSIQ

SUV, nozik sikl

Quritish, nozik sikl,

KUCHSIZ ISITISH

Mashinada quritish

taqiqlangan

Perxloridli kimyoviy tozalash

Wool Mark haqiqiy jun

markirovkasi

Quritish, nozik sikl,

O’RTACHA ISITISH

Buyumlar vaznlari bo’yicha axborot ma’lumotlari

Buyum turi

Buyumning materiali

Grammlardagi vazni

Choyshab

Paxta

Taxminan 800

Adyol

Jun

Taxminan 3000

Aralash matolardan kiyimlar

/

Taxminan 800

Jaketlar

Paxta

Taxminan 800

Jinsi matolari

/

Taxminan 800

Ish kombinezoni / xalat

Paxta

Taxminan 950

Ayollar pijamalari

/

Taxminan 200

Ko'ylaklar

/

Taxminan 300

Paypoqlar

Aralash mato

Taxminan 50

Futbolkalar

Paxta

Taxminan 300

Ichkiyim

Aralash mato

Taxminan 70

Xizmat ko’rsatish va tutish

19

Tozalash va parvarish

Kir yuvishdan keyin

Har bir kir yuvishdan keyin suv ta’minotini yoping va vilkani

rozetkadan chiqarib oling. Namlik va hidlar hosil bo’lishini

oldini olish uchun kir yuvish mashinasining eshikchasini oching.

Lyuk yengining quyi qismi va yuvish vositasi uchun tokchada

suvning to’planishi me’yoriy hodisa bo’lib hisoblanadi.

.

Agar kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt davomida

foydalanilmayotgan bo’lsa, mashinadan suvni quyib chiqaring

va quyish shlangini almashtiring.

Yuvish vositasini yuklash uchun

konteynerni tozalash

Doimo diqqat bilan kuzatingki, yuvish vositasining qoldiqlari

bo’lmasin.

Yuvish vositasini yuklash uchun konteynerni muntazam tozalab

turing:

1. Yuvish vositasini yuklash uchun konteynerni, to u to'xtab

qolmagunigacha torting.

2. Fiksatorni bo’shatish tugmasini bosing va yuvish vositasini

yuklash konteynerini chiqarib oling.

3. Yuvish vositasini yuklash konteynerini qaytib qurilmani

ichiga soling.

Kir yuvish mashinasini tozalash

Kir yuvish mashinasini tozalash va unga xizmat ko’rsatish paytida rozetkadan shtepsel vilkasini chiqarib oling.

Mashina korpusi va rezina elementlarini tozalash uchun suyuq sovunli tozalash vositasi bilan ho’llangan yupqa

matodan foydalaning. Korroziyani chaqiruvchi organik ximikatlar yoki erituvchilardan foydalanmang.

Filtrni tozalash

Filtrni oyida bir marta tozalang:

1. Kir yuvish mashinasini o’chiring va rozetkadan

shtepsel vilkasini chiqarib oling. (Rasm 1).

2. Xizmat ko’rsatish lyukchasini qopqog’ini oching.

Tanga yoki otvyortkadan foydalanish mumkin. (Rasm. 2).

3. Suv quyish uchun yassi sig’imni tagka qo’ying.

(Rasm. 3). Suv hajmi katta bo’lishi mumkin!

4. Quyish shlangini chozing va uni uchini sig’im

ustida ushlang (Rasm 3).

5. Quyish shlangidan tiqinni chiqarib oling (Rasm 3).

6. Suvni to’liq quyib chiqargandan keyin quyish shlangini yoping

va uni qaytib kir yuvish mashinasini ichiga suring (Rasm. 4).

7. Nasosni soat miliga qarshi burang va uni yeching (Rasm. 5).

8. Kirni ketkizing (Rasm. 6).

9. Nasos filtrini sekin tozalang, masalan, oqar suvdan foydalanib (Rasm. 7).

10. Filtrni sinchiklab joyiga o’rnating (Rasm. 8).

11. Xizmat ko’rsatish lyukchasini qopqog’ini yoping.

Filtr o’z joyiga o’rnatilishi kerak, aks holda suv oqib ketishi mumkin.

Quyish nasosidan kelib turishi mumkin bo’lgan ortiqcha suvni yig’ib olish uchun

si’gimni quyish nasosini filtrini tagiga joylashtiring.