Samsung SM-R380 – page 33

Manual for Samsung SM-R380



























640

Xavfsizlik ma’lumoti

Ushbu xavfsizlik ma’lumoti mobil qurilmalar haqidagi

axborotlardan iborat. Ba’zi ma’lumotlar qurilmangizga mos

kelmasligi mumkin. O‘zingiz va atrofdagilarga shikast yetkazmaslik

va qurilmani nosozliklardan saqlash uchun ushbu qurilmadan

foydalanishdan oldin xavfsizlik ma'lumotlarini o‘qib chiqing.

Ogohlantirish

Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal

qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki o‘limga olib

kelishi mumkin

Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan

elektr manbai uyasidan foydalanmang

Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib

chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Elektr kabelini nam qo‘l bilan ushlamang yoki zaryadlash

qurilmasini kabeldan tortish orqali chiqarmang

Bunday qilish elektr toki urishi natijasidagi o‘limga olib kelishi mumkin.

Elektr kabelini egmang yoki zararlamang

Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab

bo‘lishi mumkin.

Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda undan foydalanmang yoki

uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang

Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O'zbek

641

Zaryadlash qurilmasi yoki qurilmada qisqa tutashuvlarni yuzaga

keltirmang

Bunday qilish elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga, batareyaning

zararlanishi yoki portlashiga olib kelishi mumkin.

Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida

foydalanmang

Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi

mumkin.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash

qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan foydalaning

• Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish,

qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning

buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki

batareyaning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

• Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun

mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos

kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy

zarar yetkazishi mumkin.

• Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki

ta’minotlardan foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi

uchun javobgar bo‘la olmaydi.

Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va

zararlamang

Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va

joylashtiring

• Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma

yoki batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi

qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda

portlab ketishi mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab

yuborishda mahalliy qonunlarga rioya qiling.

• Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang.

• Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa

tutashuv yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi mumkin.

O'zbek

642

Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan

himoyalang

• Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda

qoldirmang.

• Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va

qurilma va batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi

mumkin.

• Batareyani metal predmetlar bilan kontaktga kirishiga yo‘l qo‘ymang,

chunki bu batareyaning + va – terminallari o‘rtasidagi tutashishni

yuzaga keltiradi yoki batareyani zararlaydi.

• Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.

Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik

yordamida pishirish uskunalari yoniga yoki katta bosimli saqlash

idishlari ichiga qo‘ymang

• Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.

• Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.

Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p

to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda

saqlamang

Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab

bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka uchining

suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi o‘tkazuvchan

moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang

Tok o‘tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi

mumkin, bu o‘z navbatida portlash yoki yong‘in chiqishiga sababchi

bo‘lishi mumkin.

Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang

• Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib

kelishi mumkin.

• Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.

• Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga

ishonch hosil qiling.

O'zbek

643

Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga

kiritmang

Bunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi

mumkin.

Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani

ishlatmang

Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin

tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog‘laning.

Diqqat

Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal

qilmaslik shikastlanishga yoki qurilmaning

zararlanishiga olib kelishi mumkin

Qurilmangizdan boshqa elektron qurilmalar yaqinida

foydalanmang

• Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi.

Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.

• LTE ma’lumoti ulanishidan foydalanish audio moslama va telefonlar

kabi boshqa qurilmalarga halaqit berishi mumkin.

Qurilmangizdan shifoxona, samolyot yoki radio chastota tomonidan

halaqit berilishi mumkin bo‘lgan avtomatik moslamalarda

foydalanmang

• Qurilmangiz va kardiostimulyator orasida 15 sm masofa qoldiring,

chunki qurilmangiz kardiostimulyator bilan to‘qnashishi mumkin.

• Kardiostimulyator bilan to‘qnashish ehtimolini kamaytirish uchun

qurilmangizni tanangizning kardiostimulyatordan eng uzoqda

joylashgan tomonida ishlating.

O'zbek

644

• Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan

avval radio chastotalar qurilmangizga zarar yetkazish yoki

yetkazmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun uskuna ishlab

chiqaruvchisi bilan bog‘laning.

• Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning

elektron navigatsiyalash asboblari faoliyatiga halaqit berishi mumkin.

Samolyot havoga ko‘tarilayotgan va qo‘nayotgan vaqtda qurilmangiz

o‘chirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar samolyot ekipaji ruxsat

bersa, havoga ko‘tarilgandan so‘ng qurilmangizdan foydalanishingiz

mumkin.

• Qurilmangiz chiqarayotgan radio to‘lqinlar sababli avtomobilingizdagi

elektron qurilmalar to‘g‘ri ishlamasligi. Qo‘shimcha ma’lumot olish

uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.

Qurilmani qalin tutun mavjud bo‘lgan joylarga yaqinlashtirmang

Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga zarar

yetkazishi mumkin.

Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio aralashuv

haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan

bog‘laning

Qurilmangizdan chiqarilgan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq ba’zi

muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni ishlatishdan avval,

qurilma tomonidan chiqariladigan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq

muammolarga sabab bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqidagi ma’lumotlarni

olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.

Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi radio

chastotalar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qurilma yoki uskunalar

yaqinida ishlatmang

Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring

• Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda batareyani olib

tashlamasdan, qurilmangizni o‘chiring.

• Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish

qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.

O'zbek

645

• Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar

yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan

foydalanmang.

• Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni

qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada

saqlamang yoki olib yurmang.

Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz

chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini

sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni to‘xtating va uni

Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring

Buni bajarmaslik yong‘in yoki portlash kelib chiqishiga sabab bo‘lishi

mumkin.

Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan

boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga rioya

qiling

Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport

vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni

boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang. O‘zingizning va

boshqalarning xavfsizligi uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:

• Qurilmangiz va uning tezkor terish, qayta terish kabi funksiyalarini

o‘rganib chiqing. Bunday funksiyalar qurilmangizda qo‘ng‘iroqni qabul

qilish yoki amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.

• Qurilmangizni qo‘lingiz yetadigan joyga qo‘ying. Ko‘zingizni yo‘ldan

uzmagan holda qo‘lingiz simsiz qurilmaga yetishiga ishonch hosil

qiling. Agar qulay bo‘lmagan vaqtda Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, ovozli

pochtangizga Sizning o‘rningizga javob berishi uchun ruxsat bering.

• To‘xtovsiz harakat yoki noqulay ob-havo sharoitida qo‘ng‘iroqlarni

to‘xtatib turing. Yomg‘ir, qor aralash yomg‘ir, qor, muz va to‘xtovsiz

harakat noqulay sharoitni keltirib chiqarishi mumkin.

• Eslatmalar yozmang yoki raqamlar qidirmang. “Bajariladiganlar”

ro‘yxatini qidirish yoki manzillar kitobini ko‘rib chiqish asosiy

vazifangiz bo‘lgan transport vositasini boshqarishdan diqqatingizni

chalg‘itadi.

O'zbek

646

• Aql bilan tering va transportlar qatnovini to‘g‘ri baholang. To‘xtab

turgan vaqtda yoki transportlar qatnoviga qo‘shilmay turib raqamni

tering. Qo‘ng‘iroqlarni transport vositangiz harakatsiz holatiga mos

keladigan vaqtga rejalashtiring.

• Diqqatni chalg‘ituvchi yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga e’tibor

bermang. Telefonda gaplashayotgan shaxsga Siz transport vositasini

boshqarayotganingizni bildiring hamda diqqatingizni chalg‘ituvchi

suhbatlarni darhol to‘xtating.

Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaning

Qurilmangizni quruq holda saqlang

• Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki

unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

• Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz

yoqilgan bo'lsa, uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar

qurilma o‘chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday

holatda qoldiring). Undan so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va

xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.

• Suyuqliklar qurilmaning ichki qismidagi etiketkalar rangini

o‘zgartiradi. Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi

kafolatlariga kirmasligi mumkin.

Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying

Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang.

Qurilmangizdan 5°C dan 35°C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish

tavsiya etiladi

• Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda

qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi

yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.

• Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq

vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).

O'zbek

647

Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall

buyumlar bilan birga saqlamang

• Qurilmangizning ustki qismi chizilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.

• Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda,

yong‘in keltirib chiqarilishi mumkin.

Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang

• Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya

quvvati yo‘qotilishi mumkin.

• Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon

kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan

zararlangan bo‘lishi mumkin.

Qurilma qizib ketsa, bir muncha vaqt davomida undan yoki undagi

ilovalardan foydalanmay turing

Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi,

qizarish kabi past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi

mumkin.

Agar qurilmangiz kamera fleshi yoki chirog‘iga ega bo‘lsa, uni

insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin masofada ishlatmang

Fleshni ko‘zga yaqin masofada ishlatish ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishi

yoki ko‘zni shikastlashi mumkin.

Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling

• Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan

holda qoldiring va ekranni ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.

• Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida

Flesh-asosli o‘yinlardan foydalanishda doimiy ravishda flesh chiroqlar

ta’siri ostida bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi

mumkin. Agar noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni

darhol to‘xtating.

• Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan

o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani ishlatishdan oldin shifokorga murojaat

qiling.

O'zbek

648

• Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yo‘qotilishi kabi noqulayliklarni his

qilgan bo‘lsangiz, qurilmani ishlatishni darhol to‘xtating va shifokorga

murojaat qiling.

• Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda

tez-tez qisqa tanaffuslar qiling.

Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar

ehtimolini kamaytiring

Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni

tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda

amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki

tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin.

Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, uni erkin

holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing.

Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni

his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan

maslahatlashing.

Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish

qobiliyatingizni himoya qiling

• Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga

zarar yetkazishi mumkin.

• Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash,

diqqatingizni olishi va yo‘l transport hodisasiga sabab

bo‘lishi mumkin.

• Quloqlikni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni

pasaytiring hamda suhbat yoki musiqa tinglayotganda o‘zingizga

kerakli bo‘lgan minimal ovoz balandligidan foydalaning.

• Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin.

Quloqlikni quruq joylarda foydalanmang yoki statik elektr quvvatini

yo‘q qilish uchun quloqlikni qurilmaga ulashdan oldin metal obyektni

ushlang.

• Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang. Bunday

qilish Sizning fikringizni chalg‘itadi va yo‘l transport hodisasida sabab

bo‘lishi va hududingiz qonunlariga ko‘ra qonunbuzarlik sifatida

belgilanishi mumkin.

O'zbek

649

Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik

bilan foydalaning

O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim

atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.

Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib

yurmang

Chunki yiqilsangiz, Sizga va qurilmaga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar

yopishtirmang

• Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib

qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.

• Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz

bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi

mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni

to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

Qurilma yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang

Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi

mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish

Markaziga olib boring.

Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar

yetkazmang

• Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.

• Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga

zarar yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.

Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida

xizmat ko‘rsatishini ta’minlang

• Qurilmani haftada bir marta zaryadlang, chunki ko‘p zaryadlash

batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini kamaytiradi.

• Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni

ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.

• Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan

chiqaring.

• Batareyani faqatgina tegishli maqsadlar uchun foydalaning.

O'zbek

650

• Batareyalarni uzoq muddat mobaynida ishlatmaslik uning xizmat

qilish vaqtiga va samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shuningdek, bu batareyaning portlashiga yoki yong‘in kelib chiqishiga

sabab bo‘lishi mumkin.

• Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun

ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada

berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida

kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi

kafolati tomonidan qoplanmasligi mumkin.

• Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt

oralig‘ida ba’zi qismlar va ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi,

lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga

kelgan zararlar qoplanmaydi.

Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting

• Qo‘ng‘iroq mobaynida dinamikdan foydalanayotgan vaqtda qurilmani

quloqlaringizdan uzoqroq ushlang.

• Bevosita mikrofonga gapiring.

Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki

o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang

• Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar

ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni

ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

• Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash

yoki yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.

• Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar yoqilgan

holatdagi qurilmadan batareyani olib tashlasangiz, bu qurilmaga zarar

yetkazishi mumkin.

Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting

• Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan

arting.

• Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.

• Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish

qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o‘chirishi, elektr toki

urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O'zbek

651

Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating

Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.

Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga

halaqit bermang

Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun

ruxsat bering

Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish

qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi

tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.

Kabellarni ehtiyotkorlik bilan ushlang

• Qurilmangizga kabel ulanayotganda, kabel to‘g‘ri tomonga

ulanganligiga ishonch hosil qiling.

• Kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p funksiyali

uyaga yoki qurilmaning boshqa qismlarini zararlashi mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning

e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishini oldini oling

• Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni

esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar

emas.

• Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang

va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda

ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga

qaytaring.

• Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan

o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning

ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda

juda ehtiyot bo‘ling.

• Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali

foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez tekshirib turing. Agar

shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish

belgilarini aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni

o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat ta’minotchingizga murojaat

qiling.

O'zbek

652

• Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy

ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini

o‘zgartiring.

• Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni

namuna chizish, parol yoki PIN-kod yordamida bloklang.

Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni

tarqatmang

Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan

materiallarni tarqatmang. Bunday qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar

buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining

mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy

foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan qonun buzilishlariga javobgar

emas.

Zararli dastur va viruslar

Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun

quyidagi maslahatlarga rioya qiling. Ularga amal qilmaslik kafolat

tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab

bo‘lishi mumkin

• Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.

• Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.

• Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan

xabarlarni o‘chiring.

• Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.

• Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.

• Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish

mavjudligini tekshirish uchun antivirus dasturini ishga tushiring.

• Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin

antivirus dasturini ishga tushiring.

• Kompyuteringizga antivirus dasturlarini o‘rnating va zararlanishni

tekshirish uchun ularni ishga tushiring.

• Registr parametrlarini tahrirlamang yoki qurilmaning operatsion

tizimini o‘zgartirmang.

O'zbek

653

Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari

(Elektr & Elektron moslamalar chiqindilari)

(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar

uchun mo‘ljallangan)

Mahsulot, aksessuar yoki qo‘llanmadagi ushbu belgi shuni

anglatadiki, bu mahsulot va uning aksessuarlari (misol

uchun quloqlik, USB-kabeli va boshq.) maishiy chiqindilar

bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim.

Chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi natijasida atrof-muhit va insonlarga

zarar yetishining oldini olish hamda ularni tegishli tartibda qayta ishlash

va resurslardan unumli foydalanish maqsadida takroran foydalanish

uchun iltimos, bu turdagi chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilardan

ajrating.

Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz

utilizatsiya qilishlari mumkin bo‘lgan joy va usullar haqidagi

ma’lumotlarni, ushbu mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki mahalliy

hokimiyat organidan olishlari mumkin.

Yuridik tashkilotlar mahsulot ta’minotchilari bilan bog‘lanishlari va xarid

qilish shartnomasidagi muddat va shartlarini tekshirishlari lozim. Ushbu

mahsulot va uning elektron aksessuarlari boshqa maishiy yoki tijorat

chiqindilari bilan aralashtirilmasligi lozim.

O'zbek

654

Ushbu mahsulotdagi batareyalarni utilizatsiya

qilish qoidalari

(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar

uchun mo‘ljallangan)

Batareya, uning qo‘llanmasi yoki o‘ramidagi ushbu belgi

shuni anglatadiki, bu mahsulotdagi batareya maishiy

chiqindilar bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim. Belgi

qo‘yilganda, Hg, Cd yoki Pb kabi kimyoviy belgilar batareya tarkibida

simob, kadmiy yoki qo‘rg‘oshin miqdori YI Direktiv 2006/66 darajalaridan

yuqoriligini bildiradi. Agar batareyalar noto‘g‘ri utilizatsiya qilinsa, ushbu

moddalar inson sog‘ligiga va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin.

Tabiiy resurslarni himoya qilish va materiallarning takroran ishlatilishini

ta’minlash uchun batareyani boshqa turdagi chiqindilardan ajrating va

ularni mahalliy batareyalarni qaytarish tizimi orqali utilizatsiya qiling.

Ushbu mahsulotdagi batareyalarni utilizatsiya

qilish qoidalari

(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar

uchun mo‘ljallangan)

Batareya, uning qo‘llanmasi yoki o‘ramidagi ushbu belgi

shuni anglatadiki, bu mahsulotdagi batareya maishiy

chiqindilar bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim. Belgi

qo‘yilganda, Hg, Cd yoki Pb kabi kimyoviy belgilar batareya tarkibida

simob, kadmiy yoki qo‘rg‘oshin miqdori YI Direktiv 2006/66 darajalaridan

yuqoriligini bildiradi.

Ushbu mahsulot tarkibiga kiritilgan batareya foydalanuvchi tomonidan

joylashtirish uchun mo‘ljallanmagan. Uni joylashtirish bo‘yicha

ma’lumotlarni xizmat ta’minotchingizdan olishingiz mumkin. Batareyani

olishga yoki uni olovga tashlashga urinmang. Batareyani qismlarga

ajratmang. siqmang yoki teshmang. Agar Siz mahsulot tashlab

yubormoqchi bo‘lsangiz, chiqindilarni yig‘ish joylarida mahsulotlarni,

jumladan, batareyalarni ham, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bo‘yicha

tegishli choralar qo‘llaniladi.

O'zbek

655

Rad etish

Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi

tomonga tegishli bo‘lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi va/

yoki boshqa intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan himoyalangan.

Bunday tarkib va xizmatlar faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida

foydalanish uchun taqdim etiladi. Biror bir tarkib yoki xizmatdan uning

egasi yoki ta’minotchisi tomonidan ruxsat etilmagan maqsadlarda

foydalanishingiz mumkin emas. Yuqoridagilarga tayangan holda,

agar tarkib egasi yoki xizmat ta’minotchisi ruxsat bermagan bo‘lsa,

quyidagilarni bajarish ta‘qiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko‘rsatilayotgan

har qanday tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash,

yuklab olish, jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy

ishlarni yaratish, ta‘qiqlangan maqsadlarda foydalanish.

“UCHINCHI TOMON TARKIB VA XIZMATLAR TA’MINOTI

KAFOLATLANMAGAN. SAMSUNG TARKIB YOKI XIZMATLARNI ISTALGAN

MAQSADDA ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA ISHLATILISHI

TA’MINLANISHINI KAFOLATLAMAYDI. SAMSUNG NAZARDA TUTILUVCHI

SHARTLARNI QAT’IYAN RAD ETADI, MA’LUM MAQSADNI KO‘ZLOVCHI

TOVAR VA YAROQLILIK KAFOLATI BILAN CHEKLAMAY, ULARNI O‘Z ICHIGA

OLGAN HOLDA. SAMSUNG HECH QACHON USHBU QURILMA ORQALI

OLINUVCHI TARKIB YOKI XIZMATLARNING ANIQLIGI, ASOSLANGANLIGI,

PUNKTUALLIGI, QONUNIYLIGI VA TO‘LIQLILIGINI KAFOLATLAMAYDI,

JUMLADAN, USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI

XIZMATLARDAN YOKI ULARDAGI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH

ORQALI KELUVCHI, U SHARTNOMA YOKI IJTIMOIY TAMOYIL BO‘LISHIDAN

QAT’IY NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN

YETKAZILGAN ZARARLAR, ADVOKATLAR UCHUN GONORARLAR YOKI

BOSHQA HARAJATLAR UNDIRIB BERILMAYDI.”

O'zbek

656

Uchinchi tomon xizmatlari istalgan vaqtda to‘xtatilishi yoki uzib qo‘yilishi

mumkin va Samsung har qanday tarkib yoki xizmatdan ma’lum bir

muddat davomida foydalanish mumkinligi haqida hech qanday tasdiq

yoki kafolat bermaydi. Uchinchi tomon tarkib va xizmatlari Samsung

tomonidan nazorat qilinmaydigan uzatish tarmoqlari va vositalari orqali

uzatiladi. Ushbu qo‘shimcha shartlarni chegaralamagan holda, Samsung

ushbu qurilma orqali foydalaniluvchi har qanday tarkib yoki xizmatning

to‘xtatilishi yoki uzib qo‘yilishi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z

bo‘yniga olmaydi.

Samsung tarkib va xizmatlar bilan bog‘liq foydalanuvchilarni qo‘llab-

quvvatlash uchun javobgar emas. Tarkib yoki xizmat bilan bog‘liq

har qanday so‘rov yoki yordam uchun ushbu tarkib yoki xizmat

ta’minotchilariga murojaat qilinishi lozim.

O'zbek

657

Thông tin an toàn

Thông tin về an toàn này có nội dung dành cho thiết bị di động.

Một số nội dung có thể không áp dụng đối với thiết bị của bạn.

Để không làm bạn và người khác bị thương hoặc làm hư hỏng

thiết bị của bạn, vui lòng đọc thông tin an toàn về thiết bị trước

khi sử dụng.

Cảnh báo

Không tuân thủ các cảnh báo và quy định về an

toàn có thể gây nên chấn thương nặng hoặc dẫn

đến tử vong

Không sử dụng dây điện, phích điện bị hỏng hoặc ổ cắm điện hỏng

Các mối nối không chắc chắn có thể làm điện giật hoặc gây cháy.

Không chạm vào dây điện bằng tay ướt hoặc ngắt bộ sạc bằng cách

kéo dây điện

Làm vậy có thể dẫn đến trường hợp bị điện giật.

Không cuộn cong hoặc làm hỏng dây điện

Làm vậy có thể gây điện giật hoặc cháy.

Không dùng thiết bị khi đang sạc hoặc chạm vào máy bằng tay ướt

Làm vậy có thể gây điện giật.

Không làm ngắn mạch bộ sạc hoặc thiết bị

Làm vậy có thể gây điện giật hoặc cháy hoặc pin có thể bị hỏng hoặc

phát nổ.

Tiếng Việt

658

Không sử dụng thiết bị ngoài trời khi trời đang có sấm chớp

Làm vậy có thể bị điện giật hoặc làm hỏng thiết bị.

Sử dụng các loại pin, bộ sạc, linh kiện và phụ kiện được nhà sản

xuất chứng nhận

• Sử dụng loại pin hoặc bộ sạc phổ thông có thể làm giảm tuổi thọ của

thiết bị hoặc khiến thiết bị bị lỗi chức năng. Chúng còn có thể làm

cháy hoặc nổ pin.

• Chỉ sử dụng pin và bộ sạc được thiết kế đặc biệt dành cho thiết bị

của bạn được Samsung chứng nhận. Pin và bộ sạc không tương thích

có thể gây chấn thương hoặc làm hư hỏng nghiêm trọng đến thiết

bị của bạn.

• Samsung không chịu trách nhiệm về sự an toàn của người dùng khi

sử dụng phụ kiện hoặc linh kiện không được Samsung chứng nhận.

Không làm rớt hoặc đè nén lên bộ sạc hoặc thiết bị

Cẩn thận xử lý và hủy bỏ thiết bị và bộ sạc

• Không bao giờ hủy bỏ pin hoặc thiết bị trong lửa. Không bao giờ đặt

pin hoặc thiết bị trên hoặc trong các thiết bị tạo nhiệt, chẳng hạn như

lò vi sóng, bếp hoặc lò sưởi. Pin có thể nổ khi quá nóng. Tuân thủ mọi

quy định của địa phương khi hủy bỏ pin hoặc thiết bị đã qua sử dụng.

• Không đập mạnh hoặc đâm vào thiết bị.

• Tránh để thiết bị chịu áp suất bên ngoài cao, có thể gây hiện tượng

ngắn mạch bên trong và quá nhiệt.

Bảo vệ thiết bị, pin và bộ sạc không để bị hư hỏng

• Tránh để thiết bị chịu nhiệt độ quá lạnh hoặc quá nóng.

• Nhiệt độ cao có thể làm hỏng thiết bị và giảm dung lượng sạc cũng

như tuổi thọ của thiết bị và pin.

• Không để pin tiếp xúc với vật bằng kim loại vì điều này có thể tạo

kết nối giữa các cực + và - trong pin và khiến pin bị hỏng tạm thời

hoặc lâu dài.

• Không bao giờ sử dụng bộ sạc hoặc pin đã bị hỏng.

Tiếng Việt

659